So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  1 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

Andijondagi stadion Keniyaga yoqmadimi yoki o'zimizga? Yangiliklar

Andijondagi stadion Keniyaga yoqmadimi yoki o'zimizga?

Ha, Andijondagi maydon holati yaxshi emas. APL yoki La Liga stadionlaridan uzilmay qolgan ko'zlarimiz, “Sog'lom avlod”ning betob holatini qabul qila olmaydi.

Men avvalambor jurnalistman, oldin shu kasb principlarini himoya qilishga urinaman. Keyin esa amaldagi kasbim etikalariga etiborli bo'lishga intilaman. Hozir PFL ichida ekanimdan kelib chiqib, balki obektiv fikr bildira olmasman. Ammo hech bo'lmaganda o'ylab ko'rishga arzirli bir nima qoldirishim mumkin. Championat.asia menga shuning uchun ham kerak.

Davlat va xususiy investor o'rtasidagi eng katta farq bilasizmi qaerda? Biri oqsoqlanayotgan tomonni ko'tarish haqida o'ylashga majbur, undan shuni talab qilishadi. Ikkinchi taraf esa ko'proq foyda keltirayotgan tomorqasiga yanada ko'proq etibor berishi shart, unga oldin iqtisod, keyin esa siyosat. CHunki muammoli nuqtasi bilan ko'p o'ralashib qolsa, katta kemasi cho'kib ketishi katta ehtimol. Andijondagi xalqaro o'rtoqlik o'yini va stadionning holati haqida gap ketganida shu narsa haqida ko'proq o'yladim.

O'sha stadionning ahvoli yaxshi emasligini futbolni tushunmaydigan odam ham ko'rib turibdi. Biroq mamlakat futbolini ko'tarishi kerak bo'lgan tomon o'zining mana shu nozik nuqtasini o'z holiga tashlab qo'ya olmaydi va Keniyani shuning uchun ham birinchi galda Andijonga yuboradi. Stadion chimini tez fursatda ko'ngildagidek qilish imkonsiz. Biroq echinish va yuvinish xonalari, stadion atrofidagi bazi ishlarga ulgurish mumkin. Andijonliklar mana shuning harakatiga tushdi. Xalqaro o'yin masuliyatiga munosib javob berish uchun intildi. Nima demoqchiman, Keniya kelib ketadigan jamoa. “Andijon” klubi esa bir qator ishlar amalga oshirilgan mana shu maydonda butun bir mavsumni o'tkazadi. Yani, stadionda qilingan ishlar o'zimiz uchun qoladi.

SHuningdek, Andijonning faollikda namuna muxlislari bir qancha vaqt davomida katta futboldan uzilib qoldi. Namangan va Farg'onadagi Superliga shoularini hammamiz ko'rdik. Va nega endi Andijonda ham shu kabi o'yin bo'lmasligi kerak? Axir u ham bir qo'limizning qaysidir barmog'i, uni kesib tashlay olmaymiz. Kecha ko'rdikki, muxlislar bu erda katta futbolni sog'ingan. Ular mavsumni mana shunday ruhiyat bilan boshlab olsa, balki “Andijon” klubini yil davomida shunday qo'llab-quvvatlar, degan shirin xayol o'tadi.

Keniya endi sharoitlari nisbatan ancha yaxshi bo'lgan “Istiqlol”ga keladi. Farg'ona muxlislari endi estafetani qabul qilib oladi. Men ishonamanki, keyingi shunday xalqaro o'yinlar Surxon vohasida, Xorazm yoki Nukusda ham o'tar, yomonmi? Terma jamoalarning barcha o'yinlarini osongina Toshkentda o'tkazish ham mumkin. Ammo o'zimiz bu tendenciyaga qarshi yillar davomida kurashdik. Viloyatdan bo'lgan futbol muxlislari ham teng huquqli bo'lishi kerak deb hisobladik.

Endi bosh mavzuga qaytaman. Men avvalambor jurnalistman. Va stadionning holatini ko'rsatib bergan hamkasblarimning ishlariga to'g'ri munosabatdaman. Biz malumot berishimiz kerak, xulosani esa odamlarning o'zi chiqarib oladi. Biroq o'sha Andijondagi stadion haqida hangoma qilgan va futbol jamoatchiligini mazah qilganlar ham bo'ldi. Mana shundaylar borligi uchun ham shu maqolani yozishga qaror qildim.

Keniyadagi hamma stadionlar “Old Trafford” darajasida deb o'ylamayman. Raqib uchun kechagi kabi stadionlar begona emas. Ammo biz shu kabi o'yinlar orqali qaysidir viloyatga yaxshi bir nima bera olsak, menimcha haqiqiy yutug'imiz shu. Har qalay ish yurdi, tamir bo'ldi, muxlislar Osiyo chempioni bo'lgan jamoa ishtirokidagi qiziq bir futbolni tomosha qildi. Xo'ja ko'rsin uchun hammaga “Bunyodkor”ni ko'rsatib yuboraversak, qolgan stadionlarga qachon etibor bo'ladi?

Muallif :
Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика