So’nggi yangiliklar

07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  3 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  4 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7

Andijonda Konstituciya bayramiga bag'ishlangan bir nechta turnirlar bo'lib o'tdi Yangiliklar

Andijonda Konstituciya bayramiga bag'ishlangan bir nechta turnirlar bo'lib o'tdi

Teglar :  Andijon
8 dekabr – O'zbekiston Respublikasining konstituciyasi qabul qilingan kun. Har yili ushbu sana mamlakatimizda ko'tarinki ruhda o'tkazilib kelinadi.

Konstituciyamizning 25 yilligiga bag'ishlab, Andijon shahrida ham mini-futbol bo'yicha bir qator turnirlar tashkil etildi.

Jumladan, 4-6 dekabr kunlari Andijon shahridagi “Yoshlar sport saroyi” yopiq sport zalida oliy va o'rta maxsus talimidagi o'quvchi qizlar o'rtasida “Futbolimiz malikalari” viloyat birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda Andijon davlat universiteti qizlar jamoasi g'olib bo'lib, Andijon viloyati futbol federaciyasining Kubogini qo'lga kiritdi. SHuningdek 1-2-3-o'rinni egallagan jamoalar viloyat futbol federaciyasining diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Uchrashuvlar qiziqarli va ko'tarinki ruhda o'tdi.  
 3-7 dekabr kunlari esa 2005-2006 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida mini-futbol bo'yicha “Andijon viloyati futbol federaciyasi Kubogi” bo'lib o'tdi. Unda jami 18ta jamoa qatnashib, g'oliblik uchun kurash olib bordi. Ishtirokchilar orasida Andijon viloyatidagi jamoalardan tashqari Farg'ona va Namangan viloyati hamda Qo'qon shahridan tashrif buyurgan bir nechta jamoalar ishtirok etdi.  

“Limon-Arena” suniy qoplamali mini-futbol maydonida o'tkazilgan turnirning final bosqich o'yinlari bugun bo'lib o'tdi. Unga ko'ra “Fayziobod” (Asaka shahri) va “Dinamo” (Andijon), jamoalari 3-o'rinni egalladi. 2-o'rin esa “Gol centr” (Andijon) jamoasiga nasib etgan bo'lsa, turnir g'olibi “Istiqlol” (Andijon) jamoasi bo'ldi. Taqdirlash marosimida barcha jamoalarga Andijon viloyati futbol federacisining diplom, medal va Kubok taqdim etildi. SHuningdek har bir amplua bo'yicha “Eng yaxshi futbolchi” nominaciyalarida g'olib bo'lgan futbolchilarga ham estalik sovg'alar ulashildi.  


 7 dekabr, payshanba kuni faxriylar o'rtasida ham mini-futbol bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Malumki, o'z vaqtida maydonda javlon urgan sobiq futbolchilar ishtirokidagi bu kabi musobaqalarda natija asosiy o'ringa chiqmadi. Muhimi faxriylar bir-birlari bilan shu bahona diydorlashib, futbolchilik paytlarini eslab o'tadi. Rustam Sobirov, Rustam Abdiev, Orif Mamatkazin, Otabek Ochilov, Nozim Mullaoxunov, Vitaliy Legay, Rafael Muslimov, Farhod Qodirov, Xayrullo Tojiboev, Rahmatullo Bahovuddinov, SHuhrat Bobomatov, Yodgor Xurxonov, Fozil Boborahimov, SHerzod So'fiev kabi o'z vaqtida futbol o'ynab, muxlislarga yaxshi tanish bo'lganlar bugun yana yashil maydonda birga saf tortdi. Uchta jamoa o'zaro g'oliblik uchun kurash olib bordi. O'yinlarni taniqli sobiq hakamlar Muhammadqosim To'xtasinov va Tohir Eshonxo'jaev boshqarib bordi. Uchrashuv nazoratchisi sifatida Tohir Nizomov bilan Islomjon Rahimov ishladi. Musobaqa komissari sifatida esa Anvar Nurov va Muzaffar Mamedov bo'ldi.  

Fayxriylar musobaqaning yakuniy qismiga Viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov ham tashrif buyurib, faxriylar jamoasini konstituciya bayrami bilan tabrikladi va ularning kelgusi faoliyatiga omad tilab, diplom, Kubok hamda estalik sovg'larini taqdim etdi.  

 Musobaqa yakuniga etgach, Viloyat futbol federaciyasi xodimlari va faxriylar kengashi raisi, ularning azolari Andijon shahridagi sahovat uyiga tashrif buyurib, o'z vaqtida Andijon futboli rivoji yo'lida mexnat qilgan Renat Kotlev va Oleg Sazonovlar bilan uchrashib, ularga xurmat-extirom ko'rsatgan xolda, xolidan xabar olindi.  

SHundan so'ng faxriylar musobaqasida ishtirok etgan sobiq futbolchilar  sharafiga ziyofat dasturxoni yozilib, ularga ham viloyat futbol federaciyasi tomonidan xurmat-extirom ko'rsatildi.  

SHu tariqa konstituciya kuniga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirlar qiziqarli va ko'tarinki ruhda o'tkazildi.  

 Andijon viloyati futbol federaciyasi dekabr oyida yana ikkita turnir o'tkazishni rejalashtirgan.  

Islombek Rustambekov.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика