So’nggi yangiliklar

11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  6 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  4 07:42Футзал. Бугун финал!  3 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  1 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  36 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  16

Andijonda “Andijon bahori” musobaqasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Andijonda “Andijon bahori” musobaqasi bo'lib o'tdi

8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni.

Ushbu sana har yili mamlakatimizning har bir viloyatida, shahar va chekka-chekka qishloqlarida doim ko'tarinki ruhda o'tkazilib kelinadi.

Xususan joriy yil ham Andijon shahrida 8-mart kuniga bag'ishlab o'quvchi yoshlar o'rtasida futbol bo'yicha “Andijon bahori” musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda oliy o'quv yurti, o'rta maxsus kasb-xunar kolleji va maktabda talim olayotgan o'quvchi yoshlardan iborat jamoalar bevosita ishtirok etib, o'zlarini ko'rsatishga urindi.

5 mart kuni start olgan mazkur musobaqada jami 10ta ayollar jamoasi qatnashib, g'oliblik uchun kurash olib bordi. Ushbu “Andijon bahori” turnirini o'tkazishdan asosiy maqsad – viloyatda ayollar futbolini yanada rivojlantirish, futbolga qiziqishi bo'lgan qizlarga o'zlarini ko'rsatish uchun keng imkoniyat yaratib berish, viloyatdagi o'quv muassasalardagi talabalar o'rtasidagi do'stlik rishtalarini bog'lash hamda “Andijanka” jamoasiga iqtidorli qizlarni tanlab olishdan iborat ekanligini aytish lozim.

O'yinlar Andijon shahrining SHo'rbuloq dahasida joylashgan “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati”ning suniy qoplamali maydonida bo'lib o'tdi.

Bugun musobaqaning final bosqich o'yinlari o'tkazilib, g'olib jamoalar nomi malum bo'ldi. Unga ko'ra, oliy talim muassasalari va kasb-xunar kolleji talabalari ishtirokidagi guruhida 1-o'rinni Andijon davlat universiteti jamoasi, 2-o'rinni – Qishloq xo'jalik instituti jamoasi, 3-o'rinni esa Andijon mashinasozlik instituti jamoasi egalladi.

Maktab o'quvchilari o'rtasida esa 1-o'rinni – Xo'jaobod tumani jamoasi, 2-o'rinni – Ulug'nor tumani jamoasi, 3-o'rinni Jalolquduq tumani jamoasi egalladi.

Musobaqaning taqdirlash marosimi ko'tarinki ruhda o'tkazilib, sovrindor jamoalar Andijon viloyat  hokimligi, Andijon viloyat futbol associaciyasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi, Yoshlik JTSJ hamda Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar va diplomlar bilan taqdirlandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика