So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

“Andijon” yig'iniga yangi futbolchilar qo'shildi Yangiliklar

“Andijon” yig'iniga yangi futbolchilar qo'shildi

Teglar :  Andijon
Ayni damda Toshkentda yig'in o'tkazayotgan “Andijon” kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib bormoqda.

Ertalabki mashg'ulotlar “NBU-Osiyo” stadionida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha o'tkazilayotgan bo'lsa, kechki mashg'ulotlar “Turin” stadionida asosan texnik-taktik jihatlar ustida olib borilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, bundan bir necha kun avval “burgutlar” yig'iniga tajribali futbolchi Qahramon Bahodirov bilan iqtidorli yarim himoyachi Alisher Mirzaev kelib qo'shilgandi. Ulardan keyin “Buxoro” jamoasidan Bobur Omonov ham “Andijon”ning yig'iniga qo'shildi. 29 yoshli himoyachi hozirda jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etib, o'zidan iliq taassurot qoldirishga xarakat qilmoqda.

Undan tashqari bugun qirg'izistonlik Mirolimjon Ahmedov ham andijonliklarning lagerida paydo bo'lganini aytish mumkin.
Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan futbolchilarni murabbiylar shtabi Toshkent yig'ini chog'ida o'tkaziladigan sinov-nazorat o'yinlarida ko'zdan kechiradi.

Malumot uchun “Andijon” jamoasi 30 yanvar kuni “Bunyodkor”, 3 fevral kuni esa “Qizilqum” bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Darvoqe, malum muddat jamoa ko'rigida bo'lgan moldaviyalik Ilie Damaschan, Vadim Kalugxer va ukrainalik Andrey Pashenko singari legionerlarga javob berib yuborildi.

Hozirda tarkibni kuchaytirish mumkin bo'lgan bir qator futbolchilar bilan muzokara davom etayotganini aytish lozim.

“Andijon” matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика