So’nggi yangiliklar

19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  0 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  3 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  3 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  15 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1

Andijon yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

Andijon yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Teglar :  Andijon
Andijon klubi 10 mart kuni Bobur Arenada yangi mavsumdagi birinchi uchrashuvini o'tkazadi.

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan bahsni andijonliklar katta qiziqish bilan kutishmoqda.

Odatda har mavsum oldidan jamoa azolari bilan muxlislar o'rtasida o'ziga xos uchrashuv tashkil etiladi va buni yana bir nomi taqdimot marosimi deb ham ataladi. «Burgutlar» birinchi turni safarda OKMKga qarshi o'tkazgach, jamoa azolari o'z qarorgohida ikkinchi turga tayyorgarlikni boshlagandi. 10 mart sanasi yaqinlashgani sari futbol kayfiyati ham yanada ko'tarilib borayotganini muxlislar yaxshi his qilib turishibdi. SHu maqsadda 9 mart sanasida «Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar» institutining anjumanlar zalida aynan taqdimot marosimi o'tkazildi.

Zal muxlislar bilan to'lib-toshdi. «Andijon» jamoasini sog'inishgani shundoq sezilib turardi. Jamoa azolarini katta shodiyona va xursandchilik bilan qarshi olishdi. Bu esa futbolchi va murabbiylarga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi.

Andijon viloyati hokimi o'rinbosari Komiljon Sobirjonovich Komilov so'zga chiqib, viloyat hokimining jamoaga qarayotgan etibori va qo'llab-quvvatlovini alohida etirof etgan holda yangi mavsumda «Andijon»ga omad tiladi. Butun mavsum mobaynida futbolchilardan ijobiy natijalar kutishini, hamma vaqt muxlislarni xursand qilishlari muhimligi va o'z navbatida barcha shart-sharoitlar yaratilishini qo'shimcha qilib o'tdi.

SHundan so'ng «Andijon»ning yangi futbolchilari birma-bir tanishtirildi va ularga o'z raqamlari tushirilgan futbolkalar topshirildi.

Qolaversa, «Andijon» bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ham tadbir davomida so'zga taklif qilindi. Tajribali mutaxassis avvalo, barchani yangi futbol mavsumi boshlangani bilan qutladi. Jamoa azolari masuliyatni chuqur his qilib turganligi, albatta, muxlislarni xursand qilish asosiy vazifa ekanligi, mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun bor kuch va imkoniyatlarni ishga solishini alohida takidladi.

SHuningdek, «Andijon» klubi rahbariyatidan, jumladan jamoa bosh homiysi – «Uzavtosanoat» AJ vakili Rustam Abdurashidovich Mamajonov ham futbol ishqibozlarini yangi mavsum starti bilan tabriklar ekan, «Andijon»ning bir necha yillik istiqbolli dasturi haqida to'xtaldi. Klub akademiyasini tashkil qilish, bolalar futboliga etiborni kuchaytirish uchun amaliy ishlar boshlanganligi va buning uchun Belarusdan malakali mutaxassislar taklif qilinganini aytib o'tdi. Yaqin kelajakda «Andijon» tarbiyalanuvchilaridan Abbos Fayzullaev va yana shunga o'xshash boshqa bo'lajak futbolimiz yulduzlari etishib chiqishiga umid qilgan holda klubni har tomonlama rivojlantirish borasida ishlar qilinayotganini ham bildirib o'tdi. SHu bilan birga muxlislarni jamoamizni qo'llab-quvvatlashi juda ham muhimligini eslatib o'tdi va jamoamiz azolariga omad tiladi.

Bundan tashqari, «Andijon» fan-klub raisi Nodir To'ychiev muxlislik madaniyatiga alohida etibor qaratish muhimligini barchaga eslatib, har qanday holatda ham «Andijon» jamoasini faol tarzda qo'llab-quvvatlash lozimligini aytib, barchani stadionga chorladi.

«Andijon» klubi sardori Ildar Mamatkazin esa jamoa nomidan viloyat hokimi SHuhratbek Qo'shoqboevich Abdurahmonovga futbolchilarning imzosi qo'yilgan to'p va 10-raqamli futbolkani taqdim etdi va bu sovg'ani viloyat hokimi nomidan o'rinbosari qabul qilib oldi.

Bir so'z bilan aytganda, «Andijon» klubining 2024 yildagi o'z maydonida bo'lib o'tadigan ilk uchrashuvi oldidan o'tkazilgan taqdimot marosimi juda ko'tarinki kayfiyatda o'tdi va bundan futbolchilar ham, muxlislar ham o'ziga yarasha motivaciya oldilar.

«Andijon» matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика