So’nggi yangiliklar

10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  0 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  4 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  3 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  9 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  7 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  21 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  10 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1

Andijon viloyat futbol associaciyasi 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazdi Yangiliklar

Andijon viloyat futbol associaciyasi 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazdi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon viloyat futbol associaciyasi bir qator hayrli tadbirlar tashkil qildi.

Ayyom oldidan viloyatdagi bir guruh futbol faxriylari Andijon shahridagi keksalar va nogironlar uchun “Saxovat” internatida bo'lib, o'z vaqtida viloyat futbolini rivojlantirishga hissasini qo'shgan Rinat Kotelev va Oleg Sazonovlarni yo'qladilar. Har ikki faxriyga associaciya  tomonidan tayyorlangan sovg'alar topshirildi.

“Barkamol avlod” sport majmuasining mini-futbol maydonida esa faxriy futbolchi va soha mutaxassislari o'rtasida marhum futbol fidoyilari Miroman Kim, Alijon Marajapov, Ergash Tursunovlar xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tdi. Do'stona ruhda o'tgan tadbirda ishtirok etgan uch jamoa vakillari ham viloyat futbol associaciyasi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

- Milliy qadriyatlarimiz aks etgan Xotira va qadrlash kuni oldidan mana shunday tadbirlarni o'tkazish ananaga aylangan,- deydi viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov. – O'tganlarni xotirlash, keksalarni ezozlash xalqimizning qon-qoniga singib ketgan oliyjanob urf-odatlardan. Sana munosabati bilan soha xodimlari bilan juda ko'p tadbirlarni o'tkazishni rejalashtirganmiz.
   
Elmurod Ermatov, Andijon

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика