So’nggi yangiliklar

16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  5 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  6 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0

“Andijon” – “Turon” uchrashuvidagi hakamlik bo'yicha ekspert hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

“Andijon” – “Turon” uchrashuvidagi hakamlik bo'yicha ekspert hakamlar komissiyasi xulosasi

O'zbekiston Superligasi 12-turi doirasida bo'lib o'tgan “Andijon” hamda “Turon” jamoalari o'rtasidagi bahsda (2:1) hakamlik bilan bog'liq bahsli vaziyat bo'yicha “Turon” klubidan shikoyat xati kelib tushdi va bu bo'yicha intizomiy chora qo'llandi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida bosh hakam Asker Najafaliev andijonliklar azosi Abdurahmon Komilov fol amalga oshirgani uchun unga sariq kartochka ko'rsatdi. SHuningdek, 34-daqiqada “Turon” futbolchisi Bilolxon Toshmirzaev raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgan va referi to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan uni maydondan chetlatgan.

Ushbu vaziyatlar ekspert hakamlar komissiyasida batafsil ko'rib chiqildi va ikkala holatda ham xato qaror chiqarilgan, degan xulosaga kelindi. Birinchi vaziyatda bosh hakam uzoq vaqt VAR yordamidan foydalanganiga qaramay, qizil kartochka emas, sariq kartochka bilan kifoyalandi. Ikkinchi vaziyatda esa kutilmaganda qizil kartochka ko'rsatildi va tabiiyki, bu ham noto'g'ri qaror ekanligi aytildi. Natijada, Najafalievga o'yin uchun belgilangan maoshning 50 foizi miqdorida jarima, Superliganing 4 ta bahsidan chetlatish hamda quyi ligaga tushish jazosi qo'llanildi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика