So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  5 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  34 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

“Andijon-SGS” Turkiyada bu safar Bosniya jamoasini mag'lub etdi Yangiliklar

“Andijon-SGS” Turkiyada bu safar Bosniya jamoasini mag'lub etdi

Teglar :  Andijon-SGS
Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlariga zo'r berayotgan “Andijon-SGS” jamoasi mashg'ulotlar bilan birga, nazorat o'yinlariga ham katta etibor qaratmoqda.

Xususan, jamoa 21 fevral kuni Bosniya va Gercegovina davlatining "Stupchanica" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Raqib jamoa bilan o'rtoqlik o'yini avvaldan rejalashtirilmagandi. "Stupchanica" bosh murabbiyi bilan Antaliya shahrining o'zida to'satdan uchrashib qolgan jamoa rahbariyati “Andijon-SGS” futbol klubi loyihasi haqida qisqacha tarif berib o'tdi. Bu esa ularda qiziqish uyg'otdi va o'z o'yinlarini tashkil etayotgan agentlarga murojaat qilib, Andijon klubi bilan o'ynab ko'rish istagi borligini bildirdi. Tabiiyki evropaliklarni taklifi “Andijon-SGS” vakillarini ham etiborsiz qoldirmadi va raqib jamoa taklif etgan stadionga borish uchun rozilik bildirdi.

O'yin avvalida yana har ikki klub prezidentlari va bosh murabbiylari o'zaro yaqindan tanishib, fikr almashdi. "Stupchanica" klubi prezidenti Semir Degirmendzic va bosh murabbiy Dzenan Zaimovich “Andijon-SGS”ning iqtidorli futbolchilarini diqqat bilan kuzatishlarini bildirib, klub prezidenti Zafarxo'ja Rahimov juda yaxshi loyixaga asos solganini mamnuniyat bilan bildirib, omad tiladi hamda keyinchalik ham bu kabi o'rtoqlik o'yinlarini oldindan rejalashtirilgan xolda, yuqori saviyada o'tkazishga kelishib olindi.

O'z navbatida klub prezidenti Zafarxo'ja Rahimov ham klubning estalik sovg'alarini "Stupchanica" vakillariga ulashib, ularga ham omad tiladi.

O'yin haqida qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, tarkib bo'yicha so'zsiz "Stupchanica" klubi favorit edi. O'yinda dastlab hisobni evropaliklar ochishgani ham bunga misol bo'la oladi. Sababi Bosniya jamoasi safida bir qator legioner futbolchilarni uchratish mumkin edi. Ammo keyinchalik andijonlik futbolchilar ham osonlikcha taslim bo'lmasliklarini isbotlash maqsadida kombinacion o'yin ko'rsatish orqali hujumga zo'r berdi.

Natijada “Andijon-SGS” futbolchilari o'yin tizginini o'z qo'llariga olgan xolda, ketma-ket gollar urib yakunda g'alaba qozondi. Darvoqe, mazkur uchrashuvga bo'lgan qiziqish yuqori bo'ldi deyish mumkin. Evropa va Osiyo klublarining qarama-qarshligini boshqa klub vakillari va mahalliy aholi ham diqqat bilan kuzatib bordi. Ularning orasida serbiyalik futbol agentlarini uchratganimizni ham aytib o'tish lozim. Andijonlik yosh futbolchilardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng tabiiyki "Stupchanica" bosh murabbiyining kayfiyati yaxshi emasdi. Lekin u o'zini professionallarcha tutdi va uchrashuv yakuniga etgach, butun jamoasini maydonga olib chiqib, “Andijon-SGS” jamoasini tabriklab, estalik uchun umumiy ko'rinishda suratga tushishga rozi bo'ldi.

SHu tariqa Antaliyadagi navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvida “Andijon-SGS” o'z aktiviga uch ochko yozdirib qo'ydi.

"Stupchanica" - "Andijon-SGS" 2:3
Antaliya, Belek shahri. “Fanatik Belek” stadioni.
Gollar:
28' SHahboz Jumaboev (1:1), 35' Abubakir Mo'ydinov (1:2), 48' Mirjalol Mirzaev (1:3).

“Andijon-SGS”: Asilbek Tojiddinov, Dilmurod Abduqahorov, Otabek Mo'minov, Yursinali Topvoldiev, Xojiakbar Mo'minov, Ozod Qahhorov, SHahboz Jumaboev, Abdumutalib Rejabboev, Abubakir Mo'ydinov, SHokirjon Odiljonov, Mirjalol Mirzaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdumalik Nurmuhammadov, Fazliddin Zuhriddinov, SHoxjahon Yorqinboev, Zayniddin Xamraboev, Abdulhamid Turg'unboev, Fayzullo Nurmuhammadov, Muhammaddiyor Hotamxonov, Omadjon Tursunaliev.





Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика