So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  3 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

“Andijon-SGS” futbolchisi va O'zFHM hakami kelishilgan o'yinlarda aybdor deb topilib, futboldan umrbod chetlatildi – O'FA Etika ko'mitasi Yangiliklar

“Andijon-SGS” futbolchisi va O'zFHM hakami kelishilgan o'yinlarda aybdor deb topilib, futboldan umrbod chetlatildi – O'FA Etika ko'mitasi

O'FA Etika qo'mitasi kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq holatni fosh etdi.

"O'zbekiston futbol associaciyasi Etika qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda “Andijon-SGS” klubi futbolchilari hamda O'zbekiston futbol hakamlari markazi hakami Lochin Dolimovning kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganligi to'g'risidagi ish ko'rib chiqildi.

O'zbekiston Pro ligasida hakamlik qilib kelgan O'zbekiston futbol hakamlari markazi hakami L.Dolimov o'zining tanishi orqali xorijdagi A. ismli shaxs bilan Telegram messenjerida aloqa o'rnatib, kelishilgan o'yinlarni tashkil etishga uringan. SHuningdek, L.Dolimov “Andijon-SGS” klubining futbolchilari SHaxbozbek Jumaboev, Dilmurod Abdukaxxarov va Javohir Qilichev bilan til biriktirgan holda 2023-yil 25-may kuni Pro liga doirasidagi “Navbahor Farm” va “Andijon-SGS” o'rtasidagi uchrashuvning najijasiga tasir o'tkazib, uchinchi shaxslar yordamida bukmekerlik kontoralari orqali pul tikib, moddiy manfaat ko'rganlar.

O'zbekiston futbol associaciyasi Etika qo'mitasi mazkur holat yuzasidan O'zbekiston futbol hakamlari markazi hakami L.Dolimovni O'FA Intizom kodeksining tegishli bandlarini buzgani uchun aybdor deb topdi. Unga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish hamda jarima intizom jazosi qo'llanildi.

SHuningdek, “Andijon-SGS” klubi futbolchisi SH.Jumaboev O'FA Intizom kodeksining tegishli bandlariga asosan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish hamda jarima intizom jazosi tayinlandi.

Yuqoridagilar bilan birga, futbolchilar D.Abdukaxxorov hamda J.Qilichev O'FA Intizom kodeksining tegishli bandlariga ko'ra aybdor deb topilib, D.Abduqaxxorovga nisbatan futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan 2 yil muddatga chetlatish hamda jarima intizom jazosi; J.Qilichevga nisbatan esa futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan 1 yil muddatga chetlatish hamda jarima intizom jazosi tayinlandi.

O'zbekiston futbol associaciyasi kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'yicha FIFA, OFK, “Sportradar” va boshqa tegishli tashkilotlar bilan bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotganligini malum qiladi. O'z navbatida, kelgusida aniqlanadigan holatlar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qatiy choralar ko'rilishi to'g'risida ogohlantiradi", -deyiladi O'FA bayonotida.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика