So’nggi yangiliklar

16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  4 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  6 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  11 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  4 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1

Andijon Ruslan Melzitdinov va Boburjon Omonovni o'z tarkibiga qo'shib oldi Yangiliklar

Andijon Ruslan Melzitdinov va Boburjon Omonovni o'z tarkibiga qo'shib oldi

Toshkentda yig'in o'tkazayotgan Andijon jamoasi selekciya ishlarini jadal suratda olib bormoqda.

Himoya chizig'idagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida  Boburjon Omonov taklif etildi.

Mahoratli himoyachini muxlislar yaxshi bilishsa kerak bungacha asosan «Buxoro» jamoasida o'ynab kelayotgandi. Bugun Omonov «burgutlar» bilan rasman kelishuvga erishdi va shu tariqa joriy mavsumni «Andijon»da o'tkazadigan bo'ldi.

29 yoshli futbolchi universal hisoblanib, mudofaa chizig'ining istalgan chizig'ida birdek o'ynay oladi.

Malumot uchun, Boburjon Omonov o'tgan mavsum «Buxoro» tarkibida 22ta o'yin (jami 1915 daqiqa) o'tkazib, 1ta gol va 4ta sariq kartochka qayd etgan.
 


«Andijon»ning navbatdagi xaridi - Ruslan Melzitdinov. Tajribali futbolchi o'tgan mavsum Jizzaxning «So'g'diyona» jamoasida o'ynagandi.

Futbolchilik faoliyati davomida, «Neftchi», «Bunyodkor», «Buxoro», «Qo'qon-1912», «SHo'rtan» hamda «So'g'diyona» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan Melzitdinov shu kunga qadar O'zbekiston Oliy ligasida (hozirgi Superliga) 200ga yaqin rasmiy uchrashuvda maydonga tushganini etirof etish lozim.

SHuningdek u o'z vaqtida O'zbekiston yoshlar, olimpiya va milliy terma jamoa tarkibida ham rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etgan.

Ruslan bundan tashqari ikki bor o'zini xorij klublarida sinab ko'rgan, xususan Qozog'istonning «Jetisu» va Eronning «Naft MIS» jamoalarida malum muddat faoliyat yuritib qaytgan.

1985 yil Farg'ona viloyatining, Qo'qon shahrida tavallud topgan futbolchi so'nggi yillarda maydonda markaziy himoyachi vazifasini bajarib kelmoqda.

Bugun «Andijon» va Ruslan Melzitdinov o'rtasida rasman kelishuvga erishildi.  


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика