So’nggi yangiliklar

07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  1 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3

“Andijon” rahbariyatida o'zgarish yuz berdi Yangiliklar

“Andijon” rahbariyatida o'zgarish yuz berdi

Bugun “Andijon” futbol klubi qarorgohida jamoa azolari ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishni Andijon viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Muhammadjon Nishonov olib bordi. Yig'ilishdan ko'zlangan maqsad klub rahbariyatida yuz bergan o'zgarishni malum qilish edi. Bungacha klub vice-prezdienti sifatida ishlab kelgan Marufjon Abdisolomov o'z arizasiga binoan istefoga chiqqani o'qib eshittirildi. Endilikda ushbu lavozimda Jahongir Madixonov faoliyat olib boradigan bo'ldi. 2002 yildan buyon shahardagi “Navro'z” stadionida direktor sifatida mehnat qilib kelayotgan Jahongir SHavkatovich ilgari ham klubda boshqa lavozimda ishlagandi. Yangi mavsumdan endi Madixonovning o'zi klubni boshqaradigan bo'ldi.

Klub qarorgohida bo'lib o'tgan yig'ilishda murabbiylardan Vitaliy Legay, Rasul Rahmonov va o'ndan ziyod futbolchilar hamda klub ishchi xodimlari qatnashib, o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

Yig'ilishda klubning yangi rahbari so'z olib, masuliyatli vazifani qabul qilib olganini va imkon qadar mahalliy futbolchilarga etibor qaratgan xolda, jamoani eng avvalo kuchlilar safiga qaytarishni hamda rahbariyat, muxlislar tomonidan bo'layotgan ishonchni oqlash uchun ishga jiddiy yondoshishini bildirib o'tdi.

Yig'ilish so'nggida rahbariyat va murabbiylar o'zaro maslahatlashgan holda “Andijon”ning navbatdagi yig'ini 5 yanvar kunidan boshlab tashkil etilishi malum qilindi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика