So’nggi yangiliklar

11:13Суперлига. "Бухоро" 7 йилдан буён Навоийдан ғалабасиз қайтмоқда   0 11:04Ғанишер Қодиров: "Қўқон-1912" билан олти очколик ўйин кутиб турибди"  0 10:45"Шўртан" 15 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"дан очко олди   2 10:40"Ньюкасл" ПСЖ билан музокараларни бошлади  0 10:05Дамир Темиров "Андижон" мухлисларига илтимос билан чиқди  2 09:33"Барселона" ва Марк-Андре тер Стеген ўзаро келишувга эришди  4 09:06Носир Абдусаломов: "Чемпионлик? Бу ҳақида ўйлашга эрта"  0 08:05Пўлатхўжа Холдорхонов: "Икки очко йўқотдик, ғалаба қозонишимиз керак эди"  2 07:53CAFA "Пахтакор" стадионида бўлиб ўтиши мумкинми?  10 07:12Ўртоқлик ўйинлари: "Челси" ва "Интер" ғалаба қозонди, "Ньюкасл" эса дуранг қайд этди   3 06:55Суперлига. "Хоразм" ва "Бунёдкор" ўз рақибларини мағлуб эта олмади. "Қизилқум" эса "Бухоро"га қарши ўйинда ғалаба қозонди  0 06:48Рустам Турдимуродов: "Менга берилган имкониятдан фойдаландим"  0 01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  10 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  9

"Andijon" ikkinchi davraga tayyorgarliklarni boshladi. Baxtiyor Hamidullaev vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlandi Yangiliklar

"Andijon" ikkinchi davraga tayyorgarliklarni boshladi. Baxtiyor Hamidullaev vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlandi

Ikkinchi davra o'yinlariga bugundan tayyorgarlikni boshlagan "Andijon" jamoasi mashg'ulotlarni "Bo'ston" dahasidagi "Bolalar va o'smirlar futbol maktabi" maydonida o'tkazishni boshladi.

Bugundan boshlangan mashg'ulotlar oldidan klubning yangi rahbari Juratbek Quvvatov asosiy tarkib futbolchilari bilan uchrashdi.

"Avvalambor, barchangiz bilan yana bir bor ko'rishib turganimdan xursandman. Andijon viloyati mamlakatimizda barcha sohada etakchi o'rinlarda yuradi. Jumladan farmacevtika borasida ham. Lekin jamoamizning hozirgi egallab turgan o'rni nafaqat viloyatimiz shaniga, balki tarkibdagi futbolchilarning nomlariga ham to'g'ri kelmaydi. Biz yangi davrni boshlayapmiz, viloyatimiz futbol sohasida ham etakchi o'rinlarda yurishiga bel bog'laganmiz. Biz ahil jamoa bo'lib o'ynasak, ishlasak, albatta ko'zlagan maqsadimizga etamiz. Biz nafaqat Superligada qolishimiz, balki yuqori o'rinlarni egallashimiz kerak. Bugun Viktor Kumikov bilan do'stona xayrlashdik. Endilikda jamoani Andijon viloyati futbolining tirik afsonasi, o'tmishning ajoyib to'purar futbolchisi Baxtiyor Hamidullaev boshqarib turadi. Bosh murabbiy masalasini shu kunlarda hal qilamiz"-dedi Juratbek Quvvatov.



Baxtiyor Hamidullaev: "Egallab turgan o'ringa loyiq emasmiz"

Bugundan ikkinchi davra o'yinlariga tayyorgarlikni boshlagan "Andijon" jamoasini Baxtiyor Hamidullaev vaqtincha boshqarib turadigan bo'ldi.

Futbolchilar bilan tashkil etilgan uchrashuvda Baxtiyor Hamidullaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalo menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Tarkibdagi aksariyat futbolchilarni yaxshi taniyman. Yaqinda chempionatning yuqori o'rinlarida turgan jamoa bilan turnir jadvalining so'nggi o'rinlarini egallab turgan jamoalarning o'zaro o'yinlarini tomosha qildim. Aytarli, katta tafovut yo'q. Demoqchi bo'lganim barcha jamoa bilan o'ynasa bo'ladi.  Hozirgi egallab turgan o'rin umuman bizga yarashmaydi. Biz Superligada qolish bilan bir qatorda yuqoriroq o'rinlar bilan chempionatni yakunlashimiz kerak"-dedi Baxtiyor Hamidullaev.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика