So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  4 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  102 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

“Andijon”: Ertaga “Obod” bilan o'yin Yangiliklar

“Andijon”: Ertaga “Obod” bilan o'yin

Teglar :  Andijon
Avval xabar berganimizdek, “Andijon”ning yig'ini Toshkentga ko'chdi.

Jamoa azolari bugun ertalab “Futbol-MED” tibbiy ko'rigidan o'tkazildi. Tushlikdan so'ng esa “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli suniy maydonda mashg'ulot bo'lib o'tdi. Aytish lozimki, bu Baxtiyor Ashurmatovning yangi jamoasidagi ilk mashg'uloti edi. Yangi murabbiy jamoaga o'zgacha muhit olib kirganini payqash qiyin emas. Har yili professional futbol ligasi tomonidan taqdim etiladigan yangi to'plar ham joriy mavsum uchun bugun olib kelindi va mashg'ulotda futbolchilar yangi to'p bilan ishladi. Mashg'ulotga chiqishdan oldin “Macron” sport firmasining epikirovkasi jamoa azolariga taqdim etilganini ham aytish lozim. 

Qolaversa Baxtiyor Azamovichga murabbiylar shtabida kimlar yordam berishi malum bo'ldi. Unga ko'ra, Zohid Nurmatov, SHuhrat Maqsudov va Kamol Jo'nashev bu yil “Andijon” murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi. Darvozabonlar murabbiyi borasida hozircha aniq bir to'xtamga kelinmadi. 

Murabbiylar shtabi ayni damda tarkibdagi barcha futbolchilarni sinchikovlik bilan kuzatmoqda. Ertaga “Obod”ga qarshi kechadigan bahsdan keyin ayrim futbolchilarga javob berilishi mumkin. Eslatib o'tamiz “Obod” bilan o'yin “Obod” stadionida soat 11:30da boshlanishi rejalashtirilgan. 


"Andijon" FK matbuot xizmati.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика