Anchelotti Simeone haqida gapirdi
12 mar 12:47
Yangiliklar
Anchelotti Simeone haqida gapirdi
"Real" ustozi Karlo Anchelotti "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone haqida gapirdi.
Jamoalar chorshanba kuni Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvini o'tkazadi. Anchelotti hamkasbini ajoyib mutaxassis deb atadi.
"Menimcha, Simeone - ajoyib murabbiy. Biz futbol haqida juda o'xshash tasavvurlarga egamiz. Simeone bilan bog'liq alohida xotiralarim bormi? Yo'q, men uni juda hurmat qilaman. U aqlbovar qilmas. Aytganimdek, biz futbol haqida bir xil tasavvurga egamiz," - dedi Anchelotti.
"Qaymoqranglilar" birinchi o'yinda g'alabaga erishdi. "Oqlar" "Atletiko"ni 2:1 hisobida taslim etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar