Anchelotti g'alabadan so'ng: "3 ta to'p farqiga ega bo'lganimiz uchun o'yinni kuchaytirmadik"
16 mar 2023 07:34
Yangiliklar
Anchelotti g'alabadan so'ng: "3 ta to'p farqiga ega bo'lganimiz uchun o'yinni kuchaytirmadik"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasi bilan chorak finalga yo'l olganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz yaxshi o'ynadik va barchasini uddalay oldik deb o'ylayman. Faqat himoyaga o'tirib olmadik va to'p bilan yaxshi muomala qilishga harakat qildik. Yaxshi imkoniyatlarimiz bo'ldi, himoyada ham yaxshi o'ynadik. Aynan shunday o'yin ko'rsatmoqchi edik.
Yuqori pressing ularga qimmatga tushdi. Modrich va Kroos bunday o'yinlarda juda yaxshi harakat qilishadi.
Jamoa menga yoqdi. Uchta gol bilan ustunlikka ega bo'lganimiz uchun o'yinni yanada kuchaytirganimiz yo'q.
Kech almashtirishlar haqida
"Jamoada barchasi joyida edi, ammo bu o'zgarishlar shunchaki almashtirish uchun edi. Men o'yin oxirini biroz cho'zish uchun almashtirishlarni istadim. Biz har bir daqiqada yaxshi o'ynadik. Tavakkal qilmadik. Mamnunmiz", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar