Ana xolos! Krishtianu Ronaldu sudga chaqirilishi mumkin!
14 apr 12:11
Yangiliklar
Ana xolos! Krishtianu Ronaldu sudga chaqirilishi mumkin!
Ronalduning akasiga firibgarlik bo'yicha ish ochilgan. Bunga sabab 2019 yilda biznesmen Rokko Valenti va Ronalduning akasi vakil bo'lgan Mussara Gestao de Espacos e Eventos LDA kompaniyasi o'rtasidagi kelishuv oqibatlari bilan bog'liq.
Biznesmen CR7Museu logotipi tushirilgan futbolkalarni ishlab chiqarish va sotish huquqini olish uchun 650 ming evro to'lashi kerak bo'lgan shartnoma imzolagan. Qisqa vaqt ichida 13 ming dona mahsulot ishlab chiqarildi. Ammo, adidas kompaniyasi ushbu futbolkalarning dizayni shartnomasi asosida chiqarilganlarga juda o'xshashligini payqagan va xabar qilgan. Valenti tomonidan ishlab chiqarilgan futbolkalarni vositachilar sota boshlagan. U utilizaciya qilinishi kerak edi, ammo buning o'rniga Ronaldu muzeyida sotilayotgani aniqlangan.
Xabar qilinishicha, futbolkaning tashqi ko'rinishini Ronalduning akasi tasdiqlagan.
Qayd etish kerakki, Ronalduning chaqirilishi "keraksiz" bo'lishiga ishongan sudya Alessandra Salvadori advokat Robert Kapraga Krishtianuni 31 may kuni bo'lib o'tadigan keyingi tinglashga chaqirishni taklif qilgan.
Fikrlar