Alves tez orada "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
27 may 2022 14:16
Yangiliklar
Alves tez orada "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
"Barselona" jamoaning 39 yoshli himoyachisi Dani Alves bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik 2008-2016 yillar davomida Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan. Futbolchi so'ngra "Yuventus", PSJ va "San-Paulu"da o'ynadi, ammo o'tgan yilning noyabrida "Barselona"ga qaytdi.
O'yinchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga etadi.
Himoyachi o'tgan mavsum "ko'k-anorranglilar" safida 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi. Alves "Barsa" safida 6 karra La Liga va 3 karra ECHL g'olibi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar