Alonso "CHelsi"dan "Barselona"ga o'tishga yaqin. Klublar Tuxelning transferga rozilik bildirishini kutishmoqda
05 avg 2022 16:07
Yangiliklar
Alonso "CHelsi"dan "Barselona"ga o'tishga yaqin. Klublar Tuxelning transferga rozilik bildirishini kutishmoqda
"CHelsi" himoyachisi Markos Alonso "Barselona"ga o'tishga yaqin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, ikki klub o'rtasida 31 yoshli ispan borasidagi muzokaralar yaxshi ketmoqda. Tomonlar bitim yopilishiga ishonchlari komil.
Qayd etish kerakki, klublar va himoyachi "CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelnnig transferga rozilik bildirishini kutishmoqda.
Kataloniya klubi va Alonso bir necha oy oldin shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishgandi.
Alonso o'tgan mavsum londonliklar safida barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar