Alonso "Barselona"ni tark etish niyatida emas
26 avg 2023 12:40
Yangiliklar
Alonso "Barselona"ni tark etish niyatida emas
"Barselona" himoyachisi Markos Alonso uning shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsumda La Ligada ro'yxatdan o'tkazilishiga ishonmoqda, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".
Manbaga ko'ra, ispaniyalikning kelajagi klub rahbariyatining moliyaviy feyr-pleyga qanchalik rioya qilishiga bog'liq. Qayd etilishicha, "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Alonsodan futbolchi sifatida to'liq qoniqish hosil qiladi. Futbolchining o'zi ham klubga ishonadi va yangi jamoa izlamoqchi emas.
"Barselona" hali La Liganing yangi mavsumi uchun o'yinchini ro'yxatdan o'tkazmagan, shu sababli futbolchining kelajagi nomalum.
32 yoshli ispaniyalik futbolchi o'tgan yozda erkin agent sifatida "CHelsi"dan "Barselona"ga o'tgandi. Futbolchining kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 5 million evroni tashkil qiladi.
Alonso o'tgan mavsum La Ligada 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar