So’nggi yangiliklar

13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  0 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  1 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  1 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1

Allegri: "Futbol - shafqatsiz sport turi" Yangiliklar

Allegri: "Futbol - shafqatsiz sport turi"

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Verona"ga qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.

"Futbol - shafqatsiz sport turi. G'alaba qozonishimiz uchun 97 daqiqa kerak bo'ladi. SHunda ham golni darvoza to'sinidan qaytgan to'pdan urdik.

Jamoa g'alabaga loyiq edi, barchamiz juda tartibli bo'ldik, bu g'alabaning asosini tashkil qildi. Kombinaciyalarni xotirjamlik bilan amalga oshirdik va o'yin tugashiga bir daqiqa qolganida g'alaba golini urdik. SHensni Mirettiga to'pni oshirdi, keyin Gatti qanotdan darvoza yoniga to'pni uzatdi, Milik boshi bilan zarba berdi, Kambyazo gol urdi. Yigitlar hatto so'nggi daqiqalargacha jangovarlikni yo'qotishmadi, bu umumiy g'alabadagi asosiy omillardan biri bo'ldi.

Kin zaxiraga olinishiga loyiq emasdi. Biroq futbolchining ikki goli bekor qilinib, o'zi sariq kartochka olganidan keyin bu uning oqshomi emasligini tushundim va almashtirdim. Kin - juda kuchli rivojlanishga erishgan, jismonan va ruhan anchagina o'zgargan futbolchilardan biri.

"Yuventus"da professionallardan iborat jamoa bor, ular o'z chegaralarini yaxshi bilishadi va endi ular bu sarhadlarni ko'paytirishga harakat qilishyapti. Yana ko'plab futbolchilarimiz ijarada, akademiya so'nggi 10 yillikda yaxshi ishlamoqda.

Yana bir muhim tomoni shundaki, ommaviy axborot vositalari ham balansni topishi kerak. Ular bugun qahramonlik qilgan futbolchini ertaga loyga botirishadi", - dedi Allegri.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика