So’nggi yangiliklar

14:02"Қизилқум" — "Андижон". Таркиблар маълум  1 13:32Про лига. "Арал" — "Локомотив" ва "Олимпик Mobiuz" — "Жайхун" ўйини учун таркиблар маълум  2 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  6 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  61 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  17 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  5 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0

Allegri: "ECHL zonasigacha 4 ochko qoldi. Ammo bu ko'p" Yangiliklar

Allegri: "ECHL zonasigacha 4 ochko qoldi. Ammo bu ko'p"

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Verona"ga faqatgina 1 gol urilganidan mamnun emas.

Turin klubi bosh murabbiyi o'yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi.

"Qiyin o'yin bo'lishini bilardik, chunki "Verona" jismonan juda kuchli va yaxshi mahoratga ega futbolchilari bor. Ikkala jamoada ham golga tortadigan yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik. Hisobdagi farqni oshirishimiz mumkin edi, biroq amalga oshira olmadik. Yakunda o'zimizga kerakli natijaga erishdik.

Biroq unchalik yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylamayman. So'nggi 5 daqiqalikda biz oldinga o'tishimiz va ikkinchi golni urishimiz, bosim uyushtirishimiz kerak edi. "Verona"ga esa jarima maydonchamizga to'pni tashlab qo'ysa etarli bo'lardi. Agarda raqiblar hisobni tenglashtirib qo'yganida hozir boshqacha kayfiyatda o'tirgan bo'lardim.

Maydonda 59 ochko jamg'ardik. Ushbu g'alaba ortidan "Inter" va ayni damda "Lacio" hamda "Milan" bilan farqni qisqartirib oldik. Yaxshi natijalar o'zimizga kelib olishimiz uchun foydali. Ammo qadam va qadam oldinga harakatlanish kerak. Hozirgi jadvalda biz ECHL zonasidan 4 ochko uzoqdamiz. Ammo bu ko'p.

Takrorlayman, bunday sharoitda bizga juda qiyin. Ammo yigitlarga rahmat, borini bermoqda", - dedi Allegri.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика