"Liverpul" futbolchisi APLdagi raqobatchidan qiziqish bo'lganini tasdiqladi
09 mar 17:11
Yangiliklar
"Liverpul" futbolchisi APLdagi raqobatchidan qiziqish bo'lganini tasdiqladi
Insayder Fabricio Romano keltirgan so'zlarga ko'ra, Londonning "Tottenxem" klubi unga aniq qiziqish bildirgan va yanvar oyida transfer variantlarini ko'rib chiqqan. Biroq klub rahbariyati bilan vaziyatni muhokama qilganidan keyin shotlandiyalik futbolchi "shporlar" taklifini rad etib, Mersisaydda qolishga qaror qilgan.
Robertson "Liverpul" bilan kuchli hissiy bog'liqligi borligini takidlab, klub uning uchun uyga aylanganini aytdi.
"Bu klub menga hammasini berdi, men ham bu klub uchun borimni berdim. Men har doim bu jamoaga sodiq bo'lganman", – dedi himoyachi.

Shunga qaramay, Robertsonning uzoq muddatli kelajagi haqida savollar saqlanib qolmoqda. U qaror qabul qilingach, faoliyati bo'yicha yakuniy qarorni elon qilishini aytib, ommaviy axborot vositalarini qiziqtirib qo'ydi.
Qayd etish joiz, shotlandiyalik himoyachi ushbu mavsum "Liverpul" safida 27 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar