So’nggi yangiliklar

01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  0 00:34ЎФА собиқ терма жамоалар бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  0 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  1 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  89 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  1 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   2 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16

Alisher Uzoqov: “Viloyatda futbolni taraqqiy etishida bor bilimimni ishga solishga tayyorman” Yangiliklar

Alisher Uzoqov: “Viloyatda futbolni taraqqiy etishida bor bilimimni ishga solishga tayyorman”

Yaqinda Andijon viloyat futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti sifatida ish boshlagan Alisher Uzoqov bilan uchrashib, ayrim savollarga javob oldik.

- Alisher aka, viloyat futbol federacisining birinchi vice-prezidenti sifatida avvalo ishni nimadan boshladingiz?
- Joriy yilning yanvar oyidan rasman futbol federaciyaning birinchi vice-prezidenti sifatida ish boshladim. Rahbariyatning menga bo'lgan ishonchini oqlashga xarakat qilaman. Viloyatda futbolni taraqqiy etishida bor bilimimni ishga solishga tayyorman. Bu erda qilingan dastlabki ishimiz, viloyatimizdagi Uzavtosanoat AK tizimidagi qo'shma korxonalarning futbol jamoalari o'rtasida mini futbol bo'yicha Andijon viloyati Kubogi musobaqasini o'tkazish bilan boshlandi. Unda jami 7ta jamoa ishtirok etdi. “UzDongJu”, “UzTongXongKo”, “UzSemYUng”, “UzKoram”, “GM-UZB”, “UzDongYAng” hamda “UzXanVu” jamoalari ikki guruhga bo'lingan holda, g'oliblik uchun kurash olib bordi. Aytish kerakki, turnir o'ziga yarasha qiziqarli o'tdi. Qolaversa turnirda o'zini ko'rsatishga erishgan yigitlar viloyatimizdagi “Turon-S” professional futzal jamoasiga manzur bo'ldi. Bosh murabbiy Rustam Abdiev ayrim o'yinchilarni ko'z ostiga olib kelajakda ularni ko'rikka taklif etishini bildirdi.  

- O'tgan yili ham viloyat futbol federaciyasida faoliyat olib borgansiz. Demoqchimizki, bu ish sizga yangilik emas. Endilikda birinchi vice-prezident sifatida qanday rejalaringiz bor?
- Rejalar ulkan. Bungacha ushbu lavozimda faoliyat yuritgan rahbarlarning ishini davom ettirgan xolda, viloyat futboli saviyasini yanada oshirishga xarakat qilamiz. Albatta bu yo'lda ishlarni boshlaganmiz. Eng avvalo bolalar futboliga etiborni kuchaytirdik. Qolaversa hakamlar va murabbiylarni o'qitish tizimini ham takomillashtirmoqchimiz. Ayollar futboliga ham etibor qaratgan xolda, bu borada turli musobaqalarni tashkil etishni o'ylab turibmiz. SHuningdek joriy yil davomida yosh hakamlarimiz uchun to'rtta o'quv-seminar tashkil etiladi.  


- Yaqinda viloyatda “S” murabbiylik o'quv-kurslari tashkil etilgani haqida xabarimiz bor. SHu haqda o'zingiz kengroq malumot berib o'tsangiz?  
- Ha, chindan ham Andijon shahrining SHo'rbuloq dahasida joylashgan Andijon shahar “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati”da ikki haftalik xalqaro OFK “S” sertifikati uchun o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda. Unga OFK instruktori Usmon Toshev boshchilik qilmoqda. Unga federaciyada ish olib borayotgan malakali mutaxassis, sobiq hakam SHuhrat Hakimov assisentlik qilmoqda. O'quv-kurslarida 23 nafar murabbiylar ishtirok etmoqda. Bilasizmi viloyatimizda iqtidorli murabbiylarni kashf etish uchun avvalo ularni “S” licenziyasiga o'qitish lozim. SHuni inobatga olib, viloyat futbol federaciyasi “S” sertifikati uchun o'quv-kurslarini tashkil etdi.   

- Joriy yil viloyat futbol federaciyasi nechta musobaqa o'tkazadi?
- Yil davomida hisob kitoblarimizga ko'ra umumiy 15ta musobaqa o'tkazishni o'ylab turibmiz. Unga bolalar o'rtasidagi turnirlardan tashqari ikkinchi liga chempionati, ayollar o'rtasidagi musobaqa va faxriylar ishtirokidagi turnirlar kiradi.   

- Ikkinchi ligaga ham jiddiy etibor qaratish lozim. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- O'tgan yili ikkinchi ligada jami 12ta jamoa ishtirok etgandi. Menimcha turnir qizg'in kechdi. Bu yil ham imkon qadar jiddiy nazorat qilamiz va ligaga bo'lgan etiborni kuchaytiramiz. Tumanlarda futbol ommaviyligini ko'tarish maqsadida shaxsan o'zim tuman hokimlari va homiy tashkilotlar bilan uchrashib ayrim tumanlarimizda ham jamoa tashkil etishga xarakat qilamiz. Xususan Asaka shahri va Paxtaobod, Izboskan, Oltinko'l, Baliqchi, Xo'jaobod, Bo'z tumanlarida ikkinchi liga jamoalari yo'q. Lekin ushbu tumanlarda iqtidorli futbolchilar borligiga shubha yo'q. Qolaversa ushbu tumanlarda ham futbol muxlislari etarlicha topiladi. Ular ham o'z tumanida jamoasi bo'lishini istashi turgan gap. Ishonamanki bu yilgi ikkinchi liga musobaqasi yanada qiziqarli o'tadi.   

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика