So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Alisher Nikimbaev: "Tasavvur qiling, CHilonzor tumani Osiyo kubogida g'olib chiqqan..." Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Tasavvur qiling, CHilonzor tumani Osiyo kubogida g'olib chiqqan..."

Qatar futbol associaciyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi azosi Alisher Nikimbaev kuni kecha PFL binosida bo'lib o'tgan 2023 yilgi Superliga rejasi bo'yicha yig'ilish haqida yana bir fikr bildirdi.

"Aytgancha, PFLdagi yig'ilishda Qatar chempionati tilga olinibdi. Unda kontekst biroz buzilgan edi. SHu bois, Qatar futboliga aloqasi bor inson sifatida bir narsani tushuntirib beraman.

Qatar aholisi 2,7 million kishini tashkil etadi. SHu bilan birga mahalliy aholi atigi 300 ming kishini tashkil qiladi. Yani, aholi soni bo'yicha Qatar taxminan Toshkent bilan teng, ammo salohiyatli futbolchilar va tomoshabinlar nisbati bo'yicha Qatarni, masalan, CHilonzor tumani bilan solishtirsak bo'ladi.

Tasavvur qiling, CHilonzor tumanining ikkita chempionatida jami 20 ta jamoa ishtirok etadi, shundan 17 tasi professional va 3 tasi havaskor. SHu bilan birga, havaskorlar uchun alohida chempionat ham mavjud.

Yana tasavvur qiling, CHilonzorning 3-4 klubi Osiyo chempionlar ligasida muntazam qatnashib, hatto guruhdan chiqib turishadi. CHilonzor terma jamoasi esa Osiyo Kubogida ishtirok etib, hattoki so'nggi turnirda ham g'alaba qozongan. Tasavvur qildingizmi?

Ha, Qatarda juda ko'p pul bor. Lekin mamlakatda ko'p pul bor degani doim ham futbolda katta pul bor degani emas. Masalan, aholi jon boshiga YAIM Qatardan yuqori bo'lgan mamlakatlar ro'yxatida Lyuksemburg, Singapur va Irlandiya bor. Ularning klublarini boy deb hisoblash mumkinmi?

Qatar klublari juda ko'p pul sarflashadi, chunki ularning ligasi o'zini o'zi qoplaydi, badal puli olmaydi va daromadlarini klublar bilan baham ko'radi. Ha, davlat pulining malum ulushi bor, lekin klublar o'z mablag'larini sarflashda cheklangan: maoshlar uchun daromadning malum foizidan ko'prog'ini sarflay olmaysiz.

Darvoqe, joriy mavsum Qatar Yulduzlar ligasida so'nggi bor 12 ta klub ishtirok etmoqda. Kelgusi mavsumdan boshlab ularning soni 10 ta bo'ladi. Klublar ko'proq o'yin o'tkazishlari uchun turnir uch bosqichda o'tkaziladi.

Ammo ikkinchi divizionda hozirgidek 8 ta emas, 10 ta klub bo'ladi. Aytgancha, Qatarda bu OCHLdagi ishtirokka tasir qilishini bilib turib, Yulduzlar ligasini qisqartirishga qaror qilishdi. 2024-25 yilgi mavsumdan boshlab Qatarning 3 tadan ortiq klubi CHempionlar ligasida ishtirok eta olmaydi.

Bu erda klub vakillari bilan uchrashuvlar qanday o'tkazilishi va Liga klublar manfaatlarini qanday himoya qilishi haqida gapirmayman. Baribir ishonmaysiz", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика