So’nggi yangiliklar

12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  3 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  2 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5

Alisher Nikimbaev: "Kuperni ishdan bo'shatishga hozir O'FAda pul yo'q" Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: "Kuperni ishdan bo'shatishga hozir O'FAda pul yo'q"

O'zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Falastin - O'zbekiston uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Ko'pchilik mendan Falastin bilan o'yindan keyingi fikrimni so'rashdi.

Natija men uchun yoqimsiz va kutilmagan bo'ldi. Ektor Kuperga boshidan ishonmasdim, ammo futbolchilarimiz klass tufayli bo'lsa ham g'alaba qozonishlariga ishongandim. Afsuski bu etarli bo'lmadi.

Endi nima qilish kerak? Bu eng qiyin savol, bunga O'FAning hozirgi rahbariyati javob berishi lozim. Ularga oldingi rahbariyat olib kelgan murabbiy qoldi, u qo'yilgan maqsadlar, terma jamoa o'yin uslubiga mos kelmaydi.

Kuperni istefoga chiqarish uchun esa katta pullar kerak bo'ladi. SHu o'rinda yangi murabbiyga ham to'lash uchun pul topish lozim bo'ladi. Meni bilishimcha hozir O'FAda katta pullar yo'q. Oldingi rahbariyat anchayin shoxona hayot kechirgan va Mirabror Usmonov qoldirgan (bazi malumotlarga ko'ra taxminan 2 million dollar) pul va ikki yil ichida O'FA hisobiga kelib tushgan pullarni sarflab yuborgan.

Moliyaviy imkoniyat tufayli Kuperning o'rniga faqat mahalliy murabbiy olib kelinishi mumkin. Barcha mashhur murabbiylar terma jamoada ishlashga ulgurishgan. Qolganlar esa bu lavozim uchun etarlicha obo'rga ega emas.

So'nggi yillarda muxlislar, jurnalistlar va mutaxassislar xorijlik murabbiyni xohlashgandi. Oldingi rahbariyat hech qanday rejasiz Kuperni tanlashdi va barchaga shunday deyishdi: Xorijlik murabbiy xohlaganmidingiz? Olinglar.

Qatar ustozi Feliks Sanchesni olaylik. U Qatarga Aspire akademiyasini rivojlantirish yo'lida olib kelingandi, u erda futbolchilarga ispan futboli o'rgatiladi. Keyin u Qatar yoshlari bilan 2014 yil Osiyo chempioni bo'ldi. Keyinroq olimpiya terma jamoasida ishladi va 2017 yilda Qatar bosh murabbiyiga aylandi. 2019 yil yanvar oyida nima bo'lganini eslatishga hojat bo'lmasa kerak. Yani Qatarning turli yoshdagi jamoalari bir-biriga bog'liq. Terma jamoalar bilan ishlash tizimi mana shunday yo'lga qo'yilishi kerak.

O'zbekiston terma jamoalarida vaziyat qanday? Bizdagi eng asosiy to'rtta terma jamoadagi murabbiylarning uslubi bir xilmi?, - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +135   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика