So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Alisher Azizov: “Ikkita gol urib olgach, hotirjamlikka berildik” Yangiliklar

Alisher Azizov: “Ikkita gol urib olgach, hotirjamlikka berildik”

Teglar :  ObodAlisher Azizov
Birinchi liganing ikkinchi bosqich, 7-turida Toshkentning “Obod” jamoasi “NBU-Osiyo”ga qarshi bahsda tayyor g'alabani qo'ldan boy berdi.

Avvaliga Alisher Azizov ikkita gol urib, “Obod”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsada, keyinchalik mezbonlar bunga 5ta gol bilan javob qaytardi. Uchrashuvdan so'ng Azizov bilan suhbatlashdik. 

- Jamoamiz oldida aniq maqsad bor. Yani oliy ligaga chiqish. SHu bois har bir bahsga faqat g'alaba ilinjida tushmoqdamiz. Albatta “NBU-Osiyo”ga qarshi o'yinga ham uch ochko uchun chiqqandik. Avvaliga biz uchun hammasi ijobiy kechayotgandi. Ikkita gol urib olgach, hotirjamlikka berildik. Bilsangiz oldingi turlarda 7:0 yoki 9:0 hisobida ham g'alaba qozongandik. Aftidan jamoadoshlarim yana shunday yirik hisobda yutamiz deb o'ylashdi chog'i. Oxir oqibat bu bizga qimmatga tushdi. 

- Menimcha natijaga hakamning qarorlari ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Ikkinchi bo'limda darvozamiz tomon ikkita penalti belgiladi. Ikkisi ham gol. Istaysizmi yo'qmi bu jihat baribir har qanday futbolchini ruhan “sindirib” qo'yadi. 

- “NBU-Osiyo” munosib o'yin namoyish etib, g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi deya olmayman. Ularning futbolchilari to'pni egallab, oldinga tepib yuboraverdi. SHu bois “bankirlar”ni ham birinchi ligadagi o'rtamiyona jamoalar qatoriga qo'shish mumkin. 

- Oldingi turlardagi yirik hisobli g'alabalarimizni omili deb jamoaviy ahillik borligini aytgan bo'lardim. Etibor bergan bo'lsangiz “Obod”da deyarli teng yoshdagi futbolchilar jamlangan. SHuningdek ilgari asosan bitta klub tarbiyalanuvchilari bo'lgan. Qolaversa murabbiy Bobur Zuhriddinovning ham o'rni katta ekanligini aytish darkor. Yosh mutaxassis futbolchilarni o'yinga qanday tayyorlashni juda yaxshi biladi. Mashg'ulotlarda ham ko'proq “Barselona” uslubida ishlanadi. 

- Bu yil jamoamning oldiga elitaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Oldimda turgan asosiy maqsadlardan biri “Obod”ga bu borada yordam berishdir. To'purarlik esa ikkinchi darajali. To'g'ri, har bir hujumchi mavsum avvalida o'z oldiga aniq bir maqsad qo'yadi. Men ham bu yil kamida 30ta gol urishni niyat qilganman. 

- “Obod” kuchlilar safiga chiqsa, menimcha bir yillik jamoa bo'lmaydi. Har xolda rahbariyat uzoqni o'ylab ish tutmoqda. Ushbu tarkibdagi futbolchilar bilan ham bemalol ishtirok etish mumkin. Yoki 2-3ta mahoratli o'yinchilar olinar. Bizda klub qarorgohi mavjud. Stadion masalasi ham ijobiy tomonga hal bo'lmoqda shekilli. Bu borada eshitgandim. Ko'z tegmasin hozir hammasi yaxshi. Oylik va mukofot pullarini o'z vaqtida olmoqdamiz. 

- Bungacha asosan oliy ligada o'ynaganman. Mana endilikda birinchi ligada ham faoliyat yuritmoqdaman. Aytish kerakki, ligalar o'rtasidagi tavofut anchagina farq qiladi. Oliy liga bu o'z nomi bilan oliy ligadir. Oliy ligada barchasi boshqacha. Birinchi ligada esa hamma jamoa ham bir xil darajada emas. Yuqoridagi 4-5ta klubni inobatga olmaganda, qolganlari deyarli bir xil. Bu erda men sharoit va klubga bo'lgan etiborni nazarda tutyapman. 

- Bilsangiz bu erga kelishdan oldin “Qizilqum” jamoaasida edim. Ammo mavsum boshida u erdan ketishga qaror qildim. Negaki, navoiyliklar hujum chizig'iga bir nechta o'yinchilarni taklif etdi. Vaziyatga real baho beradigan bo'lsak, kam o'yin amaliyotiga ega bo'lishimni sezdim va jamoani tark etishga qaror qildim. SHunda oldimda “Obod” varianti turgandi. Bu erga meni murabbiylar oldin ham chaqirgandi. Yil boshida ular bilan yana bir bor gaplashgach, Toshkent jamoasida o'ynashga qaror qildim. Hozirgi yoshimda men uchun ko'proq o'yin amaliyot zarur. Birinchi liga bo'lsada, ko'proq o'ynashga qiziqdim. 

- Nasib qilsa yana oliy ligaga qaytaman. Bu yil bir qadam orqaga tashladim, kelasi yil ikki qadam oldinga tashlamoqchiman. “Obod”ni kuchlilar safiga olib chiqsak, balki kelasi yil ham ushbu jamoa tarkibida o'ynarman. Buni vaqt ko'rsatadi. 

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика