So’nggi yangiliklar

11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  5 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  7 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  9 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2

Alibobo Rahmatullaev: “Qo'qonga o'zimni ko'rsatish uchun keldim” Yangiliklar

Alibobo Rahmatullaev: “Qo'qonga o'zimni ko'rsatish uchun keldim”

“Qo'qon-1912” jamoasi kelayotgan mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jamoa navbatdagi birinchilikda ham  muxlislarini ijobiy natijalar bilan xursand qilish niyatida tarkibga mahoratli futbolchilarni jalb etmoqda. Jamoaning dastlabki xaridlaridan biri Alibobo Rahmatullaev bo'ldi. Kechagi  mashg'ulotlardan so'ng Aliboboni suhbatga chorladik.

– Alibobo “Qo'qon-1912” jamoasidagi dastlabki taassurotlaringiz qanday?
– Mana bir necha kundan beri jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etyapman. Barchasi ajoyib, ahil jamoa. Murabbiylar shtabi, rahbariyat , futbolchilar hammalariga rahmat. Meni juda iliq qarshi olishdi. O'zi vodiylik yigitlar boshqacha ko'z tegmasin. Qo'qonda ancha o'sish bor. Jamoa oldiga jiddiy maqsadlar qo'yilgan. Mashg'ulotlar ham shunga yarasha o'tmoqda. Yangi murabbiylar shtabining mashg'ulotlari qiziqarli va rang-barang bo'lyapti. Yoshlarga etibor o'zgacha. Jamoadagi sharoitlar ham ajoyib. O'zim  ham yaxshi o'yin ko'rsatib,  qo'qonlik muxlislarni xursand qilish niyatidaman.

– So'nggi ikki yilda faoliyatingizda pasayish kuzatildi. Bir paytlar “Bunyodkor” jamoasida yorqin o'yinlar ko'rsatgan Aliboboga nima bo'ldi?
– Har bir futbolchining faoliyatida ko'tarilish va pasayish bo'ladi. So'nggi ikki yildagi holatimdan o'zimga yarasha xulosa chiqarib oldim. Qo'qonga yaxshi niyatlarda kelganman. Xudo xohlasa avvalgi holatimdan ham yaxshi o'yin ko'rsatishga  harakat qilaman. O'sha milliy terma jamoadan taklif olgan davrimga qaytmoqchiman. Har bir futbolchi kabi mening ham orzuim milliy terma jamoada o'ynab, yurtimiz sharafini halqaro maydonlarda himoya qilish. Buning uchun avvalo Qo'qonda o'zimni ko'rsatishim talab etiladi. Men o'ylaymanki bu vazifani uddalayman.

 Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика