So’nggi yangiliklar

18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  0 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0

Alibobo Rahmatullaev "Paxtakor" futbolchisiga aylandi Yangiliklar

Alibobo Rahmatullaev "Paxtakor" futbolchisiga aylandi

Yarim himoyachi Alibobo Rahmatullaev "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi.

2014 yilgi mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazgan yarim himoyachi endi "Paxtakor" sharafini himoya qiladi. Sobiq jamoasi tarkibida oliy ligada 32 uchrashuvda 1 to'p kiritgan Rahmatullaev o'z mahoratini "sherlar" safida ko'rsatishga harakat qiladi.


Rahmatullaevning o'tishi to'g'risida "Paxtakor" menejeri Samvel Babayan quyidagilarni takidlab o'tdi:
- Aslida Alibobo bilan 2012 yilda shartnoma tuzgandik. O'shanda u "Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi sanalgani sababli jamoaga qaytishga ruxsat berish haqida iltimos qildi. Biz uning iltimosini qabul qildik. CHunki o'yinchini uning xohishi bo'lmagan taqdirda ushlab turishdan foyda yo'q. Menimcha, Rahmatullaev "Bunyodkor"da 2 yil vaqtni boy berdi. Futbolchi sifatida o'sish uchun etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lgani yo'q. Biz uning o'yinlarini ko'pdan beri kuzatib kelamiz. "Paxtakor" safida bor iqtidorini namoyish etishi uchun to'g'ri yo'nalish berishga harakat qilamiz va unga imkoniyat beramiz.

Futbolchi o'zining o'tishi xususida shunday fikr bildirdi:

- "Paxtakor"ga o'tish men uchun yangi va katta sinov. Yoshligimdan otam meni ushbu jamoa o'yinlarini ko'rish uchun stadionga olib kelardi. Aytishim mumkinki, bolaligimdan niyat qilgan orzu amalga oshdi. Bundan juda xursandman. 2012 yil yuz bergan holatni yaxshi eslayman. O'shanda hali yoshroq edim va bir necha tezkor qarorlar qabul qilishimga to'g'ri kelgan. O'tishim ro'y bermaganda otam mendan xafa bo'lgandi. Endi uning ham orzusi ushaldi. "Paxtakor" menejeriga menga ishonch bildirgani uchun rahmat aytaman. Yaxshi o'yinlar ko'rsatib, jamoa g'alabalariga hissa qo'shishga harakat qilaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика