Ali Al Habsi: “Pol Le Guen o'yinchilarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshirdi”
30 may 2014 11:16
Yangiliklar
Ali Al Habsi: “Pol Le Guen o'yinchilarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshirdi”
Ummon terma jamoasi yurtimizga kelib ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va har ikkalasida ham 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Bilasiz, bu jamoani 2011 yilning yozidan beri franciyalik mutaxassis Pol Le Guen boshqarmoqda. Xo'sh, o'z vaqtida “Lion” bilan ketma-ket uch marta Franciya chempionligini qo'lga kiritgan murabbiy kelganidan so'ng terma jamoada nima o'zgardi? Bu savolga javob olish maqsadida Ummonning eng mashhur futbolchisi, Angliyaning “Uigan” klubi darvozaboni Ali Al Habsiga yuzlandik.
“Pol Le Guen - evropalik mutaxassis. U ko'plab katta o'yinlarni ko'rgan va kuchli jamoalarda ishlagan. Mana deyarli uch yildan beri terma jamoamizni boshqarib kelmoqda. Pol Le Guen kelganidan so'ng nima o'zgardi? Murabbiy avvalo terma jamoaga yoshlarni taklif qildi va futbolchilarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshirish uchun astoydil ishladi”.
“Terma jamoamizning jahon va Osiyo chempionati saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini taminladi. Menimcha, bu murabbiy bilan Avstraliyadagi Osiyo Kubogida guruhdan chiqa olamiz. Pol Le guen bizga doim yaxshi o'ynashimiz kerakligini aytadi, u har bir futbolchining imkoniyatlarini biladi”, - deydi “Uigan” klubini himoya qilayotgan Ali Al Habsi.
X.Xoliqov.

championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar