So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Ali Al Habsi: “Ikkala o'yin ham qiziq kechishiga shubha qilmayman” Yangiliklar

Ali Al Habsi: “Ikkala o'yin ham qiziq kechishiga shubha qilmayman”

Bugun va indinga O'zbekiston terma jamoasi Ummonga qarshi ikkita uchrashuvda maydonga tushadi.
O'rtoqlik maqomiga ega mazkur bahslarga bo'lgan etibor yuqori. Malumki, dastlabki bellashuv Olmaliqdagi yangi stadionda o'tkaziladi. Ummon termasi o'zining eng yaxshi tarkibi bilan Toshkentga kelgan.

Jamoa safidagi yulduz o'yinchi sifatida avvalo darvozabon Ali Al Habsini ko'rsatsa bo'ladi. Bu darvozabon mana to'qqiz yildirki Angliyada faoliyat olib bormoqda. Avvaliga “Bolton” sharafini himoya qilgan Al Habsi endilikda “Uigan” darvozasini qo'riqlayapti. Kecha ishdan qaytar mahal hamkasbim Narzulla Saydullaev bilan Ummon termasi joylashgan “Miran” mehmonxonasiga borib, Ali Al Habsidan intervyu oldik.

-   Ali, O'zbekiston terma jamoasi bilan bo'ladigan o'yinlar oldidan qanday fikrdasiz?

-   Menimcha, har ikkala bahs ham juda qiziq kechadi. O'zbekiston termasi Osiyoda o'z o'rniga ega jamoalardan biri hisoblanadi. Futbolchilar jismoniy jihatdan ancha tetik ekan. Biz raqibni o'rganish jarayonida jahon va Osiyo chempionati saralash bosqichidagi bazi o'yinlarni ko'rdik. Aytishim mumkin, terma jamoangiz iliq taassurot qoldirdi.

-   SHaxsan siz bu o'yinlardan nimani kutyapsiz?
-   Avvalo har ikkala jamoa ishtirokidagi chiroyli futbolni. Jahon chempionatiga biz ham, O'zbekiston ham chiqa olmadi. SHu bois to yil oxirigacha faqat o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushamiz. Bu kabi o'yinlar bizga Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish vazifasini o'taydi.

-   Darvoqe, bizning jamoadan kimlarni taniysiz?
-   To'g'risini aytsam, hech qaysi futbolchini nomma-nom bilmayman. Lekin bosh murabbiy Mirjalol Qosimovni hammamiz taniymiz. U o'z vaqtida kuchli o'yinchi bo'lgan, ayniqsa chap oyog'ida beradigan zarbalari kuchli chiqardi.

-   Osiyo chempionatida Ummon joy olgan guruh oddiy emas.
-   Ha, biz mezbon Avstraliya va Osiyoning eng kuchli termalaridan biri Janubiy Koreyaga qarshi to'p tepamiz. Agar guruhdan chiqa olsak, yaxshi bo'lardi.

-   Braziliyada o'tadigan jahon chempionatida Osiyodan to'rtta jamoa ishtirok etadi: Eron, Avstraliya, J.Koreya va Yaponiya. Sizningcha, guruhdan chiqish uchun kimlarning imkoniyati yuqori?

-   Qaysi jamoa qaysi guruhdan joy olganini bilmayman. Lekin menimcha, Yaponiya guruhdan chiqa olsa kerak.

-   “Uigan”dagi ishlar qanday ketyapti?
-   Hozircha hammasi joyida. Jarohat sabab 9 oy futbol o'ynay olmagandim. Hozir esa o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. “Uigan” bilan bu yil chempionshipda ishtirok etdim va pley-off o'yinlarida omadsiz qatnashib, premer-ligaga chiqa olmadik. Hozircha klub bilan bir yillik shartnomam bor va bu muddat tugaguncha jamoada qolmoqchiman. Umuman olganda, 12 yildan beri Evropadaman va boshqa muhitga allaqachon ko'nikib ketganman. Bir yilda nari borsa uch haftaga uyga kelib ketaman.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика