So’nggi yangiliklar

07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  1 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  20 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  4 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  6 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  21 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3

Alfragaunus University: Yarmi buzilib bo'lingan "Barselona" stadioni Yangiliklar

Alfragaunus University: Yarmi buzilib bo'lingan "Barselona" stadioni

3 kun ichida Belgiyadan Franciyaga, u erdan Ispaniyaga etib keldik.

So'nggi kundaligimda "Spa24h" poygasida bo'lishimiz haqida yozgandim. Poygaga etib keldik, uzoqdan mashinalarning katta tezlikdagi ovozi eshitilardi. CHiptalarni olib poyga maydonida 300 km soat tezlikda haraqat kilayotgan "uchar temirlar"ni ko'rdik. Eng qizig'i oldinda edi Rowe kompaniyasining O'zbekistondagi dillerlari bizga BMW Rowe jamoasining liboslarini berishgandi, shu liboslar bilan biz barcha jamoalaraning "pit-stop" hudidiga kirib oldik. Birma bir dunyoning gigant mashinalari poygalarda nima bilan shug'ullanishlarini ko'rib chiqdik. Poygani ko'pchilikka yoqadigan tomoni balon almashtirish jarayoni bo'lsa kerak. Bugunga kelib bu ish 5 soniyani o'z ichiga olyapti. Vizzz etib yangi balon va mashinaga benzin quyib berishadi.






Bu musobaqa bir yilda bir marotaba bo'ladi. Unga ko'ra 24 soat davomida 3 nafar haydovchi almashib bitta mashinani haydashadi. SHu vaqt oralig'ida eng ko'p km bosib o'tgan ulov chempion bo'ladi. Bu safar uloqni "Aston Martin" ilib ketdi. Ikkinchi "mers, uch esa "Audi" bo'ldi. Men videoda musobaqada ishtirok etadigan "Mersedes"ni ko'rsatgan edim.




Qisqasi rallini tomosha qilib Parijga yo'l oldik. 500 km masofani tonggacha bosib o'tdik. U erda ko'p bo'lmadik, kechga Barselona tomona yo'lga chiqdik. Sababi "Eyfel"ni ko'rganingizdan keyin, boshqa ishlarga vaqt ajratish Parijda juda katta vaqtni oladi. "Versal" saroyi uzoqda va uni aylanishingiz uchun 5 soatdan kam vaqt ketmaydi. "Luvr"ni tomoshasi uchun esa sizga aslida bir hafta ham kam.

Parij Olimpiadasiga oz qolganligi uchun, shaharning aksar yo'llari yopilgan, shuning uchun ham O'zbekiston bayrog'ini "Eyfel"ga olib chiqdikda, sportchilarimizga omad tilab Ispaniya janubiga yo'l oldik. Bu esa bizga 1100 kmga tushdi. Orada quyuq tuman, majbur 2 soat to'xtadik.


Safar bosh homiysi: Alfraganus University
Homiylar: Coca Cola, Trastbank, AKFA, Ucell






"Barselona" mashhur qilgan Barselona shahri ancha chiroyli va shu bilan birga xunuk tabiatli insonlarga to'lib ketibdi. Bejizga klub "ranglilarni" ochiqchasiga bayramlari bilan tabriklamas ekan, shaharda ular shu qadar ko'pki, yana bu erga kelish fikridan qaytdim. Lekin ularni olib tashlasangiz, bu dunyodagi eng chiroyli va tartib bilan qurilgan shaharlardan biri hisoblanadi.

Tabiiyki bu erga kelib "Nou Kamp"dan xabar olmasdan iloj yo'q. Stadion deyarli yarmigacha buzib tashlangan. Dastlabki rejaga ko'ra rekonstrukciya ishlari yil so'nggiga qadar bitirilishi kerak edi. Keyinchalik muddat o'zgardi, agar ish yaxshi ketsa 2026 yilga kelib jamoa yana o'z maydonida o'ynaydi.

Jamoaning muzeyi ham qisqartirilgan tartibda ishlayapti. Ko'plab tomoshabop buyumlar yo'q. 1992 yil aynan Barselona Olimpiadasida afsonaviy Oksana CHusovitina yirik musobaqadagi birinchi medalini yutgan edi. Bo'lib ham, oltin! Afsus u jarohati tufayli Parij Olimpiadasida qatnasha olmaydigan bo'ldi.


 

Lionel Messining yutgan "Oltin to'p"lari


"Barselona" yutgan CHempionlar ligasi kuboklari


Marhum Yoxan Kroyf uchun atalgan burchak


Karles Puyol va Ronaldino "birga" suratga tushib oldim



Robert Levandovskining sotuvdagi formalari 


"Barselona"ning yangi stadioni mana shunday bo'ladi



Endi biz Turin tomon yo'lga chiqamiz. Evro-2024ga shu bilan 1/4 final o'yinlariga etib boramiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика