Alenichev: "Mourino - o'z ishining muxlisi"
21 okt 2017 19:08
Yangiliklar
Alenichev: "Mourino - o'z ishining muxlisi"
"Enisey" bosh murabbiyi Dmitriy Alenichev Joze Mourino manziliga iliq fikrlarni bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Alenichev "Portu"da aynan Mourino qo'lostida CHempionlar ligasini yutgan. Hozir Joze Angliyaning "Manchester Yunayted" klubini boshqarmoqda.
"Joze fantastik bilimga ega, u bunga "Barselona"da Robson va Van Gaal orqali va keyinchalik o'z ustida ishlash evaziga erishgan. U o'qishda va bilimini yaxshilashda davom etadi. O'z ishining muxlisi, Mourino kuniga 24 soat futbol haqida o'ylaydi, tunda parvoz paytida ham futbol haqida o'ylaydi va uni muhokama qiladi. Muvaffaqiyatining siri ham shunda bo'lsa kerak. Mening taqdirimda shunday etakchi master bo'lganidan mamnunman", - dedi Alenichev.
Fikrlar