So’nggi yangiliklar

13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  41 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7

Aleksey Estafeev: "Tajriba etishmasligi va vaziyatlardan foydalana olmaslik natijasida mag'lub bo'ldik" Yangiliklar

Aleksey Estafeev: "Tajriba etishmasligi va vaziyatlardan foydalana olmaslik natijasida mag'lub bo'ldik"

Pro liganing 14-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Do'stlik" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksey Estafeev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Ko'p jihatlarda tajriba etishmadi. Aniqlik borasida, vaziyatlarni yakunlashda qiyinchiliklarga duch kelayapmiz. Mezbonlar bugun o'z vaziyatlaridan unumli foydalanishdi va g'alaba qozonishdi.

- Zaxiradan qo'shilgan futbolchilarning o'yini sizni qoniqtirdimi?

- Zaxiradan yosh futbolchilarni o'yinga tashladik. Tajriba etishmagani ko'rinib turdi. Yosh futbolchilarga bo'sh xududlarga ochilishda tajriba etishmayapti. Hujumda ham shu kabi muammolarimiz bo'ldi.

- SHerzod Qodirov siz jamoaga kelgandan buyon o'yini ochilib ketdi, ketma-ket gollar urayapti. Bu futbolchini siz kashf qila oldim deb hisoblaysizmi?

- Men jamoaga kelgandan keyin SHerzod bitta o'yinda gol urdi. SHundan so'ng unga ko'proq ishonch bildirdik va hozirga qadar o'zini ko'rsatib kelmoqda. Albatta, mashg'ulotlar davomida hujumchilar bilan raqib darvozasini ishg'ol qilishlari bo'yicha ishlaymiz.

- O'yindan tashqari savol. Sizningcha, bu yilgi mavsumda qaysi jamoalar Superliga yo'llanmasiga ega chiqadi?

- Bu yilgi Pro-ligada hech qaysi jamoaga oson bo'layotgani yo'q. Hozir 3-4 ta davogar klublar bor, mavsum yakunida bu savolga javob olamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика