So’nggi yangiliklar

22:57Миллатлар лигаси. Хорватия 90+5 дақиқадаги автогол сабаб ғалабани қўлдан бой берди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:49Миллатлар лигаси. Тез орада бошланадиган бешта ўйин учун таркиблар билан танишинг  1 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  0 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  12 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  6 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  9

Aleksandr Zinchenko – APLning eng muvaffaqiyatli o'yinchisi Yangiliklar

Aleksandr Zinchenko – APLning eng muvaffaqiyatli o'yinchisi

Dam olish kuni “Arsenal” Angliya Premer ligasi 3-turida “Bornmut”ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

“Kanonirlar” nafaqat liga turnir jadvalining eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi, balki tarkib azolaridan biri 30 yillik tarixda ilk bor muhim statistikalardan birida birinchi o'rinni egallaganiga guvoh bo'lishdi.

SHanba kungi “Vitaliti Stedium”dagi g'alabada to'liq 90 daqiqa harakatlangan yaqindagina 30 million funt evaziga tarkibga jalb etilgan Aleksandr Zinchenko Premer ligada 50 va undan ortiq o'yinda maydonga tushgan har qanday o'yinchining faoliyati bo'yicha eng yaxshi g'alaba koefficientiga ega bo'ldi.

Zinchenko Premer ligada shu paytga qadar jami 79 ta o'yin o'tkazgan va ularning 65 tasida g'alaba qozongan: yangi jamoasi “Arsenal”da 3 ta o'yin va “Manchester Siti” tarkibida 76 ta uchrashuv.
Liganing 82 foizdan ko'proq o'yinida g'alaba qozongan holda, ukrainalik chap qanot himoyachisi endi boshqa har qanday o'yinchiga qaraganda yaxshiroq shaxsiy rekordga ega ekanligini davo qilishi mumkin. U ko'plab sobiq jamoadoshlarini ortda qoldirdi.

5. Nabi Keyta (“Liverpul”)
76 ta o'yin, 59 g'alaba – 77,6%
Garchi Keyta “RB Leypcig”dan 48 mln funtga kelganidan keyingi to'rt yil ichida o'zini “Liverpul”ning asosiy yarimhimoyachisi ekanligini deyarli isbotlay olmayotgan bo'lsa da, u jamoasi barqaror muvaffaqiyat qozongan o'yinlarda asosiy tarkibga kirib ajoyib g'alaba foiz ko'rsatkichini to'plashni uddaladi.

Jarohatlar va o'zgaruvchan formasi tufayli Gvineya terma jamoasi azosi bir mavsumda 16 tadan ko'proq o'yinni dastlabki tarkibda boshlash uchun kurashadi. 16 o'yinlik natija esa uning jamoadagi debyut mavsumida 2018/19 yilda kuzatilgan. Ushbu ro'yxatda kuchli beshlikni boshlab berish uchun futbolchi “Liverpul”ning uzoq davom etmagan mag'lubiyatsiz seriyalari davomida qimmatli daqiqalarni jamg'arishiga to'g'ri kelgan.



4. Fil Foden (“Manchester Siti”)
99 o'yin, 79 g'alaba – 79,8%
“Siti” akademiyasi mahsuli bo'lgan Foden asta sekinlik bilan murabbiy Pep Guardiola tomonidan asosiy tarkibga qo'shildi va o'shandan buyon u “Etihad”da yarimhimoya chizig'ining ajralmas qismiga aylandi.

Hali bor yo'g'i 22 yoshda bo'lgan futbolchi o'smir vunderkind sifatida 2017/18 yilgi mavsumda ilk mavsumini o'tkazdi va besh yilda to'rt bor Angliya Premer ligasi chempionligini qo'lga kiritdi.
Ushbu ajoyib statistik muvaffaqiyatni hisobga olsak, Foden o'sha davrda ko'plab g'alabalarga katta hissa qo'shganini bilish ajablanarli emas.


3. Emerik Lyaport (“Manchester Siti”)
108 o'yin, 88 g'alaba – 81,5%
Lyaport kuchli beshlikdagi Premer ligada 100 dan ortiq o'yin o'tkazgan yagona o'yinchidir. U 2018 yilda “Atletik” klubidan 57 mln funt sterlingga kelganidan beri “shaharliklar” to'p o'tmas himoyasi markazidagi o'rni tufayli shunday ajoyib ko'rsatkichga erishdi.

Angliyaning eng yuqori ligasida jami 108 ta o'yin o'tkazgan asli kelib chiqishi francuz bo'lgan ispaniyalik markaziy himoyachi 88 ta o'yinda g'alaba qozondi va 8 goli bilan bunga o'z hissasini qo'shdi.



2. Aren Robben (“CHelsi”)
67 o'yin, 55 g'alaba – 82,1%
Ajablanarlisi shundaki, 2004 yilda PSV dan 12,1 mln funtga “CHelsi”ga ko'chib o'tganidan keyin Robben jamoadagi uch yillik faoliyati davomida APLda atigi 67 o'yin o'tkazdi. Jarohatlar uning tarkibga jalb qilinishini cheklab qo'ygan bo'lsa da, Robben “Real Madrid”ga ketishidan oldin “ko'klar” libosida 2 ta APL chempionlik titulini qo'lga kiritdi va 4 ta ichki kubokda zafar quchdi. Aren “CHelsi” uchun 15 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qanot hujumchisi Joze Mourino qo'l ostida shubhasiz yulduzga aylandi. Bu paytda “ko'klar” Premer liganing o'rtamiyona sarflovchilaridan yuqoriga ko'tarilib ko'p sarflovchilar orasiga qo'shildi.


1. Aleksandr Zinchenko (“Manchester Siti”, “Arsenal”)
79 o'yin, 65 g'alaba – 82,3%
Dam olish kuni “Arsenal”ning “Bornmut” ustidan qozongan g'alabasi faqatgina jamoaning 2022/23 mavsumdagi ajoyib startini davom ettirmadi, shuningdek, Zinchenko g'alabalar reytingida Robbenni ortda qoldirib ushbu reyting peshqadamiga aylandi.

Uning aksariyat g'alabalari sobiq jamoasi “Manchester Siti” tarkibida qo'lga kiritilgan. 25 yoshli himoyachi yozda "Emireyts"ga o'tishidan oldin “shaharlik”lar bilan 9 ta yirik sovrinni o'ziniki qildi, ular orasida 4 karra Angliya Premer ligasi chempionligi ham mavjud.



ORIGINAL MANBA

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика