So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  31 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  16 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  18 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

Aleksandr Xomyakov: "Vaqt tig'izligi tufayli U-21 jamoasi o'yinlariga borolmayapman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Vaqt tig'izligi tufayli U-21 jamoasi o'yinlariga borolmayapman"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Paxtakor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun bizning kunimiz emas ekan. O'yin natijasiga tasir ko'rsatgan ko'p jihat birinchi bo'limda sodir bo'ldi. Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi, ketma-ket gollar o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz jonlandi, ustunlikka ega bo'ldik. Hujumlar tashkil etdik, gol ham kiritdik, biroq bularning hammasi bizni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

- Andijonlik muxlislar haqida fikringiz qanday? Ular haqida hozir hamma joyda gapirishayapti...

- Albatta, Andijonda futbolni yaxshi ko'rishadi. Bizning muxlislar eng yaxshi ekanini har doim his qilganmiz. Bu kabi qo'llab-quvvatlasangiz, siz uchun juda yoqimli. Klubda muxlislar bilan ishlash amaliyoti yaxshi yo'lga qo'yilgan.

- Bugungi gollarda markaziy himoyachilarning xatolari ko'zga tashlandi. Rotaciya qilish vaqti kelmadimikan?

- 3 ta gol bu juda ko'p. Himoyachilar xatoga yo'l qo'ydi, to'g'ri. Lekin mag'lubiyat uchun butun jamoa aybdor bo'ladi. Raqib qarshi hujumlarda jamoamizda sarosima ko'zga tashlandi. Bu savolga hozir aniq javobim yo'q.

- Marlen CHobanov, Suhrob Berdiev kabi futbolchilar bugungacha maydonga tushirilmadi. Buning sababi nima?

- Biz hozir jamoaning optimal tarkibini shakllantirish borasida ishlayapmiz. Mening qarashlarimga ko'ra, barcha jarayon bosqichma-bosqich amalga oshadi.

- Siz nega o'rinbosarlar ishtirokidagi o'yinlarga kelmaysiz?

- Bu vaqt tig'izligi bilan bog'liq. Bizda masuliyatli vazifa bor va ishlashimiz kerak. Imkon qadar borishga harakat qilaman. Yordamchi murabbiylar menga har bir o'yin jarayoni haqida etarlicha axborot berib borishadi.




Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика