So’nggi yangiliklar

18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  2 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  1 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  9 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  2 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  6 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0

Aleksandr Xomyakov: "Uzoq davom etgan qora ananani buzish yoqimli" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Uzoq davom etgan qora ananani buzish yoqimli"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" (5:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida
- Albatta o'z maydonimizdagi ochilish o'yinida bu kabi g'alaba yoqimli. Bugungi uchrashuvga jamoa muxlislari ham juda katta tayyorgarlikni amalga oshirgan, buni barchangiz ko'rdingiz. Bugungi g'alabada muxlislarimizning ham alohida hissasi bor. Yigitlarga o'yin borasida etirozim yo'q, bunaqangi g'alabadan keyin etiroz ham bo'lmaydi. Futbolchilar barcha ko'rsatmalarni to'g'ri va aniq bajarishdi, standart vaziyatlarda ham yaxshi ishladik.

- "Bunyodkor" bugungacha mag'lub etilmagani haqidagi statistikadan xabardormidingiz?

- Ha, bundan xabarim bor edi. O'zaro o'yinlarimiz bilan bog'liq statistikalarni kuzatib chiqdim. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinlardagi uzoq davom etgan qora anana bugun buzildi, bu albatta aytib o'tganimdek yoqimli.

- Jamoaga yangi taklif etilgan Zigurskiyga bir oz tezlik etishmayotgandek ko'rinayapti...

- U yosh futbolchi. O'yindan o'yinga o'sib, jamoaga moslashib boradi. Zigurskiyning imkoniyatlarini ko'rib, o'rganib chiqib jamoaga taklif etganmiz. Uning maydonda bajaradigan ishlari bor, zimmasiga ko'plab vazifalarni yuklaganmiz. Zigurskiy ko'rsatayotgan o'yindan qoniqish hosil qilayapman.

- Abduvohid G'ulomov bugun o'tgan o'yindan farqli tarzda boshqa poziciyada harakatlandi, buning sababi nima?

- Bizda qanot himoyachisi bilan bog'liq muammo bor. Ilhom Alijonov jarohat olgan va hozirda tiklanish jarayonini boshdan o'tkazayapti. SHuning uchun ham uning poziciyasida boshqa futbolchini o'ynatishga majbur bo'ldik.






Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика