So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  0 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

Aleksandr Xomyakov: "Turnir jadvaliga kuzda qarayman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Turnir jadvaliga kuzda qarayman"

Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Olmaliq" (3:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

"Men bu o'yin uchun futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Bugun bizni yigitlar qo'lidan kelgan barcha vazifani bajardi. Raqibimiz ham munosib qarshilik ko'rsatdi. Muxlislarimizga ham alohida minnatdorchilik bildiraman.  Futbolchilarimiz berilgan barcha vazifani uddaladi", - deydi Xomyakov

"Biz har bir o'yinda alohida tayyorgarlik ko'ramiz. "Metallurg" bilan o'yindagi mag'lubiyatni unutgan holda maydonga tushdik. Har bir o'yin,  biz uchun birinchi o'yin bo'ladi. Maydonga tushib eng yaxshi o'yinni ko'rsatishni istaymiz. Safardagi mag'lubiyatdan chiroyli g'alaba bilan chiqib ketganimizdan mamnunman".
 
"Bugun Ivanov asosiy tarkibda o'yinni boshlamaganiga sabab bu o'yin yakka kurashga boy o'yin bo'lardi. Raqib safida individual mahoratli futbolchilar juda ko'p. Uning o'rniga boshqa futbolchi mos kelardi. Dastlabki turlarda uning gollari bizga g'alaba keltirdi.  Bugungi taktikamizga esa u mos emas edi. Zohir bugun gol urdi. U birinchi marta terma jamoa jamoaga chaqirildi . U katta futbolni ko'rdi va bundan keyin u faqat kuchliroq o'ynaydi. U endi psixologik tasirga beriladigan yoshda emas.  Jamoamizda Murtozoevni Oliy ligadagi birinchi marta asosiy tarkibdagi o'yini bo'ldi. Uni tabriklayman. U juda ham ajoyib o'yin ko'rsatdi. Undan ko'p narsani kutaman. SHuncha imkoniyatni yuzaga keltirmoqdami demak natija bo'ladi".

"Biz ochkoni hozir emas kuzda hisoblaymiz. Turnir jadvaliga hozir qaragandan foyda yo'q shu bois kuzda qaray qolaylik. Yigitlar ham buni tushinishi kerak. Hozir birinchi o'rinda ekanmiz va bu albatta yoqimlidir. Oldimizda esa "Neftchi"ga qarshi Farg'onadagi juda og'ir o'yin o'yin kutmoqda. Bugungi g'alabani nishonlashni shu erda to'xtatsak yaxshi bo'lardi. Har bir o'yinda g'alaba uchun tushamiz".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика