So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  6 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Aleksandr Xomyakov: “Reglamentga o'zgartirish kiritilishida biroz shoshqaloqlik bo'ldi” Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “Reglamentga o'zgartirish kiritilishida biroz shoshqaloqlik bo'ldi”

“Neftchi” – ” Mashal ” (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.

– Bugun shogidlarim  o'z imkoniyatlari darajasida o'yin namoyish etishmadi. Balki jadvaldagi o'rnimiz ham bunga tasir qilayotgandir. Bahsda yirik hisobda mag'lub bo'lishimiz mumkin edi. Alamlisi, xar ikkala bo'limni ham gol o'tkazib yuborish bilan boshladik. Fikrimcha, yigitlar chempionatni  erta yakunlab qo'yishdi, chog'i. Men murabbiyman. Mening vazifam futbolchilarni xar bir bahsda oxirigacha kurashishga davat etishdan iborat hisoblanadi.

“Neftchi” haqida fikrlaringiz?


– Farg'ona jamoasini oxirgi bahslarini kuzatish imkoniyati bo'lmadi. Biroq himoya chizig'i ancha kuchaygan ekanligi, shuningdek intizomli futbol yo'lga qo'yilgani meni etiborimni tortdi. SHu holos. Ochig'i, raqib haqida chuqur fikr bildirish men uchun murakkab hisoblanadi.

– “Mashal”ning yaponiyalik legioneri nega maydonga tushmadi?


– Bahs davomida majburiy o'zgarishlar ko'p bo'ldi. SHu sabab uni maydonga tushirishning imkoni topilmadi.

– Keyingi yili Oliy ligada 12 ta jamoa bo'lishi elon qilindi. Bu haqida qanday fikrdasiz?


– Mavsum tugashiga 4 tur qolganda reglamentga o'zgartirish kiritilishi biroz shoshqaloqlik bo'ldi deb o'ylayman. CHempionat tugaganidan so'ng barcha klub vakillarini yig'ib maslahat qilinganda, balki ovoz yo'li bilan bu masala o'z echimini topganda maqsadga muvaffiq bo'lardi, – dedi Aleksandr Xomyakov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика