So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  1 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

Aleksandr Xomyakov: "O'yindan emas, natijadan qoniqdim" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "O'yindan emas, natijadan qoniqdim"

O'zbekiston Kubogi chorak final dastlabki uchrashuvi doirasidagi Dinamo - Mashal (0:1) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- CHempionat doirasidagi uchrashuv bilan taqqoslaganda bugun ham biz o'yinimizda katta o'zgarish qilmaslikka intildik. Bugun o'yinimizdan qoniqmagan bo'lsamda, natijadan qoniqdim deya olaman. 2-3 marta raqib darvozasi tomon zarba berishga erishdik, baxtimizga ulardan biri darvozadan o'rin oldi. Kubok o'yinlarida asosiy narsa o'yin emas, kerakli natijadir. Mehmondagi gol biz uchun muhim edi. Bugun ham himoyaviy o'yin namoyish etib, raqibning kuchsiz jihatlaridan foydalanishga harakat qildik. Bugun to'pni nazorat qila olmagan bo'lsakda, yigitlarimizning irodasi tufayli g'alabaga erishdik.

- Besh kun ichida Dinamoga qarshi ikkita o'yin o'tkazdinglar. Bu jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Dinamo Oliy Ligani kutilmagan natijalar bilan boshlagan bo'lsada, barchasini tasodif deb bo'lmasdi. Jamoa kurashuvchanligi va o'yini bilan yaxshi natijalarga erishgandi deb o'ylayman. Jamoa oddiy o'yin namoyish etgan bo'lsada, xohish evaziga ko'p jamoalarni mag'lub eta oldi. Tarkib yoshlardan iborat ekanligi jamoaning yutug'i deb o'ylayman.

- Jamoa sardori Zafar To'raev va tojikistonlik legioner Umedjon SHaripovning ikki o'yindan buyon maydonga tushmayotganligini qanday izohlaysiz?


- Zafar To'raev o'tgan o'yinda jarohat olib, tiklanishga ulgurmadi. SHu bois bugun uni maydonga tushira olmadim. Umedjon SHaripovga keladigan bo'lsam, u oilaviy sharoitiga ko'ra Tojikistonga qo'yib yubordik. Uning keyingi taqdirini davralar oralig'ida ko'rib chiqamiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика