So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Aleksandr Xomyakov: "Oliy ligada ham ishlashga tayyorman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Oliy ligada ham ishlashga tayyorman"

"Mashal" klubiga kichik oltin medallar topshirilgani haqida xabar berib o'tdik.
Ushbu tadbirdan so'ng klub bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovni suhbatga chorladik.

- Ortda qolgan mavsum haqida nima deya olasiz?
- Yakunlangan mavsum haqida nima deyishim mumkin. Birinchi ligada ishtirok etib yana oliy ligaga qaytdik. Vazifa bajarildi. Yigitlar yagona jamoa bo'lib bir maqsad yo'lida birlasha oldi. Endi oliy ligada o'ynaymiz, shu bois bu yilgi natijalarni untish kerak. Aytishadiku cho'qqiga chiqish oson, unda qolish esa juda qiyin deb. Bugun mana birinchi liganing oltin medallari bilan taqdirlandik. Keyingi yil ham bizga medallar taqdim etishsa ikki karra quvonchli bo'lardi.

- Yangi mavsum uchun tayyorgarlik rejalari qanday?
- 12 dekabrdan dastlabki tiklanish mashg'ulotlarini Yangierda boshladik. 25 dekabrga qadar o'sha erda shug'ullandik. Endi bayramdan so'ng, 4 yanvar kuni yana Yangierda yig'ilib ikkinchi yig'inni boshlaymiz. 2 fevralda esa Toshkentga borib PFL kubogida ishtirok etish rejada bor. SHu orqali oliy liganing dastlabki turlariga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Oliy ligaga tashlangan quraga ko'ra dastlabki turni safarda "So'g'diyona"ga qarshi, ikkinchi turni esa Muborakda "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushasizlar. "Mashal" uchun qura qiyin keldimi?
- Menimcha yo'q. Qura kim uchun og'ir kelganini qarash kerak, biz uchunmi yoki "Bunyodkor" (kuladi). Mavsumni yaxshi boshlashga umid qilamiz. O'sha vaqtda kim qanday tayyorgarlikka ega bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

- Bu yil birinchi ligada to'liq mavsumni o'tkazdingiz. Navbat oliy ligaga, siz bunga tayyormisiz?
- Albatta, ligalar orasida farq bor. Lekin bu masuliyatga tayyorman. O'z kuchimga, jamoamga ishonaman. Ammo jamoa muvaffaqiyatlari faqat murabbiyga bog'liq emas. Oddiy kichik omad yoki omadsizlik o'yin taqdiriga tasir qilishi mumkin. "Mashal" keyingi yil sifatli o'yin namoyish etmoqchi.

- Jamoada yaqinda turkmanistonlik legionerlar ko'rikda ekani haqida xabarlar chiqdi. Umuman yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz?
- Hozircha yangi futbolchilar haqida gapirishga erta deb o'ylayman. Ko'z ostimga bir qancha futbolchilarni olib qo'yganim rost. Ko'p narsa yanvar oyidagi yig'inda aniq bo'ladi.

- Turkmanistonlik futbolchilarning keyingi taqdiri qanday kechadi? Ular yanvar oyidagi yig'inda ishtirok etishadimi?
- Katta extimol bilan ha.

- PRO licenziyasiga o'qish klubdagi ishingizga tasir qilmayaptimi?
- Yo'q. Bu borada yordamchilarim bor. Ularga to'liq ishonaman, yo'qligimni ular bilintirishmaydi.

- Marat Miftaxutdinov yaqinda "Astana" klubidan qaytib keldi. Bu shaxsan siz uchun yaxshi yangilikmi?
- (o'ylanib) Bunga qaysi tomondan qarashga bog'liq. Birinchi tomondan olib aytadigan bo'lsak Marat Valentinovichda Qozog'iston klubida ishlash imoniyati bo'lgandi. UEFA tasarrufidagi klubda ishlash ham tajriba, ham moliyaviy tomonlama foydali bo'lardi. Ikkinchi tomondan esa murabbiylar shtabimiz yana to'liq tarkibda ekanligidan xursandman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика