So’nggi yangiliklar

21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  37 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  1 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  22 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 19:16Суперлига. "Машъал" - "Динамо" 2:3 (матнли трансляция)  11 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  1 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  3 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  3 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  7 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  15 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  13

Aleksandr Xomyakov: "Hujum yaxshi himoyadan boshlanadi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Hujum yaxshi himoyadan boshlanadi"

Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
"Birinchi o'rinda hamma muxlislarimizni yaqinlashib kelayotgan  bayram bilan tabriklayman.  Bayramni yaxshi kayfiyatda kutib olish uchun hissa qo'shganimizdan mamnunman.  

Juda ham asabiy o'yin bo'lib o'tdi. Men bugungi natijadan xursandman. Yirik hisob bo'lmasligini kutgan edi.  Biz ikkinchi bo'lim davomida o'n kishi bo'lib o'ynashga  majbur bo'ldik. SHu hisobni saqlab qolish uchun yaxshi himoyalandik deb o'ylayman. Bekorga aytishmaydiyu hujum yaxshi himoyadan boshlanadi. Bugungi natija uchun yigitlarga rahmat aytaman. Yaxshi o'yin ko'rsatdik. Futbolchilar asabiy ruhda o'tgan uchrashuvda jangavor o'yin ko'rsatdi"

"Mamazulumovni olganligim sababi bu taktik o'zgarish edi. Mamazulomov tushganda bir 11 kishi bo'lib o'ynadik. SHundan keyin biz bir kishi kam bo'lib qoldik va bu vaqtda himoyalanishga majbur edik. Bizga ko'proq hujum emas himoyachi kerak edi. Qo'ziboev ishonchliroq o'ynab turgan edi. Undan tashqari unda yuqoridan kelgan to'p uchun kurashish imkoniyati yuqori edi"

"Oraliqda juda katta tanaffus bor. Biz bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz.  2 sentabrdan boshlab Yangierda yig'inni boshlaymiz. Undan tashqari shu yig'in davomida bitta nazorat uchrashuvini ham o'tkazamiz" , - deydi Aleksandr Xomyakov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика