So’nggi yangiliklar

16:02Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  1 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  0 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  5 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  1 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  7 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   2 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  27 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  9

Aleksandr Xomyakov: "Hammasi haqqoniy, “Lokomotiv” bizdan ko'ra kuchli edi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Hammasi haqqoniy, “Lokomotiv” bizdan ko'ra kuchli edi"

"Lokomotiv" - "Mashal" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.

Aleksandr XOMYAKOV (“Mashal” bosh murabbiyi): - Hammasi haqqoniy, “Lokomotiv” bizdan ko'ra kuchli edi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman! Tajriba va iqtidor muhim rol o'ynaydi. Jamoa birichi bo'limda o'ziga o'xshamadi. Ikkinchi taymda qarshi hujumlarda gol o'tkazib yubordik. Futbolchilarimizda kurashuvchanlik yo'qolib qoldi.

- Statiskaga ahamiyat beradigan bo'lsak, hamma o'yinlarda uchta gol o'tkazib yuboryapsizlar. Bu nima bilan bog'liq?
- Bu mavsumdan umid katta edi. Kombinacion futbol o'ynamoqchi edik. Raqib jarima maydoni atrofida pressingga asoslangan futbol namoyish qilishni rejalashtirgandik. SHunga mos ravishda tayyorgarlangandik. Dastlabki turlarda bu foyda bermadi. Rejani o'zgartirib, himoyaviy o'yinga o'tdik. Bunga “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv isbot. Bugun hm shunday o'yinni rejalashtirgandik. Biroq birinchi bo'limdagi tezkor gol barchasini o'zgartirib yubordi.

Bugun bizga qiyin bo'lishini bilardik. Taktik tomondan rejalashtirganlarimiz amalga oshmadi. Markazni yopmoqchi edik. Yakka kurashlarda raqibni yopishga harakat qildik. Birinchi goldan keyin ochiqroq o'ynashga harakat qildik. “Lokomotiv” bilan ochiq o'ynash nimalarga olib kelishini ko'rdik.

Furqatbek Nishonov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика