So’nggi yangiliklar

14:02"Қизилқум" — "Андижон". Таркиблар маълум  0 13:32Про лига. "Арал" — "Локомотив" ва "Олимпик Mobiuz" — "Жайхун" ўйини учун таркиблар маълум  2 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  6 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  61 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  16 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  5 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0

Aleksandr Xomyakov: "G'alaba qozondik va muxlislar oldida aybimizni yuvdik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "G'alaba qozondik va muxlislar oldida aybimizni yuvdik"

Superliganing 4-tur bahslarini yakunlab bergan "Olimpik" va " Andijon" uchrashuvidan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fiklaringiz?
- O'yinni xamma ko'rdi, g'alaba qozondik va muxlislar oldida o'z aybimizni yuvdik. CHunki o'tgan uchrashuvda o'yinni alamli tarzda boy bergan edik

- Bugungi o'yinga tanlangan tarkib, raqibingiz "Olimpik"ning tarkibidagi yuqotishlardan kelib chiqib tanlandimi? Sababi bir necha nafar tajribali ijrochilar zaxirada qolgandi...
- "Olimpik"dagi yo'qotishlar haqida xabarim bor edi. Iloji boricha optimal tarkibni tushirdik.

- Keyingi ikki uchrashuvda Vodiy derbisida ishtirok etasizlar, qaysi derbi sizlar uchun muhimroq?
- Har uchrashuv biz uchun muhum, raqiblarni ajratib ko'rsata olmayman.

- Jamoa o'yin avvalida tezkor gol urib oldi va shundan so'ng himoyaga tayanib o'ynadi, jamoada ikkinchi reja yo'qdek, shu haqida fikringiz?
- Bizda "B" reja va hatto "S" reja ham bor. Agarda o'yin avvalida tezkor gol urmaganimizda, ko'proq xujumga o'tishga majbur bo'lar edik. Bugungi raqibimiz chempionatda eng yaxshi pozicion xujumga o'tadigan jamoalardan biri va ularga qarshi tavakkal qilib xujumga o'tsak yirik hisoblik o'yin bo'lib ketar edi. "Bunyodkor" bilan kechgan bahsda xujumga o'tdik va qanday hatolarga yo'l qo'yganimizni ko'rdingiz. Hozir kuchli va kuchsiz tomonlarimiz va rejalarimiz haqida aytishim noto'g'ri keyingi bahslarda ko'rib olasiz. "Olimpik" pozicion hujum bo'yicha liganing eng yaxshilaridan biri, ularga qarshi ochiq o'yin namoyish etish kulgili bo'lardi. O'zimizdan qahramon yasab, sharmandali hisob qayd etishimiz mumkin edi. Bu kimga kerak. O'zimiz o'ynay oladiga uslubda harakat qildik va natijani o'zingiz ko'rdingiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика