So’nggi yangiliklar

22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  2 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  4 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  11 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  4 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  4 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  16 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  18 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7

Aleksandr Xomyakov: "Biz uchun hozir eng muhimi - natija" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Biz uchun hozir eng muhimi - natija"

Coca-Cola Superligasining 11-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qizilqum" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiyin o'yin o'tkazdik. Bazi rejalar o'xshadi, bazilari o'xshamadi. Raqib bilan o'yin ochkolarga nazar solsak, princiapiallik ham yo'q emasdi. Takror aytaman, juda qiyin o'yin o'tkazdik. Biz uchun hozir eng muhimi natija.

Jamoamiz yigitlariga bugungi xarakterli o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun maydonda shlyapani echsang arziydigan o'yin ko'rsatib berishdi. SHuningdek, bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga alohida rahmat aytaman.

- Kubok uchrashuvidan so'ng bugungi o'yinda charchoq alomatlari sezilgandek ko'rindi. Bu borada fikringiz qanday?

- CHarchoq alomatlari ko'rindi deb aytmagan bo'lardim. Biz "Navbahor" bilan kubok o'yini bor ekanini bilardik va shunga mos reja tuzganmiz. Yigitlar ayni futbol o'ynaydigan yoshda va bizda jismoniy xolat bo'yicha muammolar ko'zga tashlanmadi. Biroq, yana qaytarayapman, bugun juda og'ir o'yin o'tkazdik.

- Mamatkazinning xolati haqida nimalarni ayta olasiz?

- SHifokorlar ko'rib chiqishayapti. Nazarimda, u bilan hammasi joyida.

- "Andijon" o'z maydoniga qachon qaytadi?

- Biz ham shuni istayapmiz. Muxlislarimiz stadionni to'ldirib turgan maydonda o'ynashimizni hammamiz istaymiz. Ayni vaqtda menda ushbu savolning aniq javobi yo'q.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика