So’nggi yangiliklar

13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  0 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  1 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  1 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1

Aleksandr Xomyakov: "Birgina vaziyat o'yin taqdirini hal qildi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Birgina vaziyat o'yin taqdirini hal qildi"

"Andijon" hamda OKMK o'rtasidagi Superliganing 23-tur o'yinidan (0:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Aleksandr Xomyakov: "Bugun g'alabaga yarasha o'yin ko'rsatmadik, ammo mag'lubiyatga ham munosib emasdik. Birgina vaziyat o'yin taqdirini hal qildi. Bekmurodov hissiyotlarini jilovlay olmagani uchun uni almashtirishga majbur bo'ldim.

Bizda bor-yo'g'i bitta vaziyat bo'ldi, qanotlardan uzatmalar amalga oshirishga urindik. Umuman olganda ko'p vaziyat yarata olmadik. Markazni qo'ldan boy berdik. Tayyorgarlikda shu jihatga ko'proq etibor qaratgandik, futbolchilarimiz raqibnikidan ko'proq edi. Xulosa chiqaramiz, psixologik jihatdan bunday o'yin o'tkazmagandik".

- Bekmurodovga nima bo'ldi?

- Bahsga haddan tashqari ko'p tayyorgarlik ko'rib, "yonib ketgandir". To'qnashuvlarda agressivligi, jamoa bir kishi kam bo'lib qolmasligi uchun uni almashtirdim.

- Bugun jamoaga nima etishmadi?

- Biz shoshildik, ayniqsa birinchi bo'limda. Raqib bizni yaxshi yopdi deya olmayman. Markaziy hududda ko'p shoshildik. Uzatmalar sonini oshirishimiz kerak edi. Asabiylik, shoshish, balki tajriba kamligi ham halal bergandir.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика