So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Aleksandr Xomyakov: "Bahorda kombinacion o'yin kutmang" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bahorda kombinacion o'yin kutmang"

"Navbahor" - "Mashal" (0:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
"Albatta mavsumni safardagi g'alaba bilan boshlash yoqimli. Bugun ochilish o'yini bo'lgani uchun stadionga ko'plab muxlislar kelishini bilardik. SHunday og'ir o'yini bo'lishini kutgandik. Qarshi hujumga asoslangan taktikada o'ynadik. SHogirdlarimga rahmat aytaman. Bahorgi futbol shunday, kombinacion o'yin kutish qiyin. Uzun paslar orqali faqat bo'sh zonalardan unumli foydalandik", - deydi Xomyakov.

- Himoyachining xatosi haqida nima deysiz?
- Hujumchilarimizning bosimi natijasida raqib himoyachilari xato qilishdi.

- Buning nimaning evaziga g'olib bo'ldingiz?
- Aytib o'tdimku, kombinacion o'yin bo'lmadi. Faqat kurashlarga asoslangan o'yin bo'ldi. SHu ham katta yordam berdi.

- Raqibni o'rgandingizmi?

- Albatta, buni yashirmayman. Jamoa taxminan qanday o'ynashini bilardik.

- Jamoa bu yil qaysi o'rinlar uchun kurashadi?
- Keling yana bir necha tur o'tsin, rahbariyat oldimizga o'tgan yildagidan ko'ra yaxshiroq natijani vazifa qilib qo'ydi. Bunga harakat qilamiz.

- Yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz?
- Tarkibda bir qator legionerlar o'ynashdi. Bukatkin, Ivanov... Vladislav gol urdi, uning debyuti omadli chiqdi. Ammo hozircha biz 70 foizga tayyormiz.

- "Navbahor" haqida nima deya olasiz?
- Jamoa o'z uyida o'ynadi, muxlislarning bosimi ham sezildi. Ikkinchi bo'limda ular ham uzun paslar bilan o'ynashga o'tishdi. Bunda o'yinlarda omad ham katta rol o'ynaydi.


SHerzod Hamdamov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика