So’nggi yangiliklar

18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 18:03"Машъал" — "Андижон". Таркиблар маълум  8 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  0 17:18Суперлига. "Қўқон-1912" - "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  2 16:59"Челси" — "Кристал Пэлас". Биринчи тур ўйини учун таркиблар маълум  4 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  2 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  1 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  19 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0

Aleksandr Xomyakov: "Andijon"ga oltita gol uramiz deb o'ylamagandik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Andijon"ga oltita gol uramiz deb o'ylamagandik"

"Mashal" - "Andijon" (6:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
"Bugun oltita gol uramiz deb o'ylamagandim. Ammo g'alabaga ishongandik. Yigitlarning professionalligi va xarakteriga rahmat. O'tgan turdagi yirik mag'lubiyatdan so'ng darhol o'zlariga kelib olishdi. Raqibni yaxshi o'rganib chiqqandik. Qarshi hujumlarga tayyor edik. Futbolchilarim dastlab gol o'tkazib yuborgan bo'lsak ham chiroyli va hujumkor o'yin namoyish etib Muborak xalqiga yirik g'alabani keltirdi", - deydi Xomyakov.

"O'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng bizda ortga yo'l yo'q edi. SHu bois yigitlarim bor kuchilari bilan o'ynashdi. Abdumo'minovni oldinda turgan qiyin o'yinlarga asrashga qaror qildim. Zafar To'raev ikki o'yinda tushmagandi. Unga imkon berdim, u kutilgan o'yinni ko'rsatdi. Zohir Qo'ziboevni hisob yirik bo'lganidan so'ng almashtirdim. Bugungi g'alabadan havolanib ketmaymiz va "Paxtakor"ga qarshi tayyorgarlik ko'ramiz. Biroq zaxira o'rindig'imiz uzun emas".

"Kachur bizda yig'inda bo'lib "Navbahor"ga o'tib ketdi. O'tgan turda to'rtta gol urdi, bundan xursandman. Biroq har bir futbolchining o'z jamoasi bo'ladi. Biz yozda kamerunlik futbolchini olib qolishni ko'zlab Kachurga ruxsat bergandik", - deydi Aleksandr Xomyakov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика