So’nggi yangiliklar

09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  3 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  3 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1

Aleksandr Volkov: "Ertaga hujum qilishga majburmiz" Yangiliklar

Aleksandr Volkov: "Ertaga hujum qilishga majburmiz"

“Bunyodkor” - “Al-Fath” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ishtirok etishdi.
"Biz ertangi o'yinga yaxshi tayyorlandik. Guruh jadvaliga qaramagan holda o'ynaymiz. Vazifamiz g'alaba qozonish. OFK OCHLga kvotalar berish tizimini o'zgartirganini bilasizlar. Biz o'zimiz uchun ham O'zbekiston klublari uchun ham ochko olishimiz shart", - deydi Aleksandr Volkov.

"Ertaga qiyin bo'ladi. Muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimiz bilan o'ynaymiz. Stadionlarga muxlislarni qaytarish uchun g'alaba qozonish kerak", - deydi Oleg Zoteev.

- "Al-Fath"ga qarshi o'yinda biz hujum qilishga majburmiz va hujum qilamiz ham. Raqib qiziqarli jamoa, ular taktikani tezda o'zgartira oladi.

- Yangi futbolchilar haqida nima deya olaman? Koto juda erta jarohat oldi, endi-endi o'zbek futboliga moslashayotganida kutilmagan jarohatni orttirib oldi. Simonenko esa qishki yig'inlarda o'zini juda yaxshi ko'rsatgandi. Biroq rasmiy o'yinlarda tan olish kerak qandaydir moslashish jarayoni tufayli yaxshi o'ynay olmadi. Koto bilan 2 yillik, Simonenko bilan 1 yillik shartnoma tuzganmiz.

- Di Matteo "CHelsi"da yordamchi bo'lib keyin bosh murabbiy bo'lganidan so'ng ECHLda g'olib chiqqandi? Buni yaratgan biladi. Lekin bizda juda kichik imkoniyat bo'lsa ham undan foydalana olishga urinamiz.

Oleg Zoteev: - OCHLdagi muvaffaqiyatsizlikka o'zimiz yo'l qo'ygan kichik xatolar sabab bo'ldi. Eronda yaxshi o'ynadik, ammo birgina xato tufayli gol o'tkazib yubordik.

- "Bunyodkor" safida avlodlar almashinuvi sodir bo'lganidan xabaringiz bor. Qishda tarkibni 7 nafar futbolchi tark etdi. Ularni o'rnini yoshlar bilan to'ldirishga urindik. SHu bois bu yoshlar tajriba orttirib keyingi yil bundan ham yaxshi o'ynay olishadi.

- "Al Fath" safida 5 (Jemal Ammar), 8 (Hussayin Al Moqahvi), 9 (Doris Salomo) va 77 (Elton) raqamdagi futbolchilarni ajratib ko'rsata olaman.   

- Akademiyamizda juda kuchli avold etishib chiqmoqda. Lekin yana biroz kutish kerak. 3-5 yildan so'ng tarkibimiz akademiyada tahsil olgan kuchli futbolchilardan iborat bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика