So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Aleksandr Onika: “Lokomotiv”dan nima uchun ketganimni bilmayman” Yangiliklar

Aleksandr Onika: “Lokomotiv”dan nima uchun ketganimni bilmayman”

O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Lokomotiv” safida o'tkazgan Aleksandr Onika ayni damda “Neftchi” mashg'ulotlarida ishtirok etyapti.
Kuni kecha farg'onaliklar “Metallurg”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, bir taym harakat qilgan Onika jarima to'pidan juda chiroyli to'p kiritdi (video). Bahs yakuniga etish arafasida u bilan qisqacha suhbat qurdik.

“Ukrainada to'p surgan paytim biz asosan jismoniy mashqlar orqali chempionatga hozirlik ko'rardik, - deydi moldovalik futbolchi. - Bu erda esa ko'pincha to'p bilan ishlayapmiz. Murabbiylar mashg'ulot vaqtida etiborni to'p bilan ishlashga, o'yin uslubini shakllantirishga qaratishyapti. Mashqlar oson bo'lyapti deya olmayman. Har holda mavsumga tayyorgarlik har doim qiyin kechadi. Bazan trenajyor zaliga borib turibmiz. “Neftchi” bilan hali shartnoma tuzganim yo'q. Ammo muzokalar davom etyapti. Menimcha, yangi mavsumni shu jamoada boshlasam kerak”.

“Lokomotiv”ni nima uchun tark etdim? To'g'risini aytsam, oxirgi kunlarda ham “Loko”da qolishimga ishongandim. Klub men bilan to'liq hisob-kitobni qilib bo'ldi. Lekin murabbiylardan sado chiqmadi. Hech kim qo'ng'iroq ham qilmadi. Keyin esa ketishim kerakligini tushunib etdim. Umuman olganda, menga bu erdagi muhit yoqyapti. O'zbekistonda maza qilib futbol o'ynasa bo'ladi. SHu bois yurtingizda ko'proq qolmoqchiman”.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика