So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  4 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  102 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Aleksandr Lobanov: "Yutishimiz ham, mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi" Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "Yutishimiz ham, mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi"

Teglar :  PersepolisLobanov
Kecha Aleksandr Lobanov Eron chempionatida debyut o'yinini o'tkazdi.

Fozil Musaev jamoasiga qarshi kechgan bahsda jangovor durang (2:2) qayd etildi.

Lobanovning yangi chempionatdagi debyuti munosabati bilan undan qisqacha fikrlarini so'radik.

"Bu erda ochiq futbol ko'rsatilar ekan. Stadiondagi atmosferaga shunchaki gap yo'q. Ikki tomon muxlislari hisob qanday bo'lishidan qatiy nazar, ishqibozlik qilishdan tinmas ekanlar. Bu katta masuliyatni yuklaydi. Bu erda rosmana talab qilishadi. Sababi, klublar futbolchi uchun barcha sharoitni yaratib berishgan. Boshqa jamoalar uchun gapira olmayman-u, lekin "Persepolis"da futbolga bo'lgan qarash juda zo'r. Futbolchilardan tortib, murabbiy va rahbarlargacha bir-birlarini qo'llab-quvvatlashadi. Meni ham yaxshi kutib oldilar. Hozircha ingliz tilida suhbatlashyapman. Bu borada muammo yo'q", - deydi Aleksandr Lobanov.

- Ligadagi tashkilotchilik haqida nima deysiz, kubok va chempionat o'yinida ishtirok etishga ulgurdingiz?
- Kubok va chempionatdagi o'yinlardan kelib chiqsam, tashkilotchilik alo darajada. Hatto oddiy o'rtoqlik o'yiniga bo'lgan munosabat ham yuqori. Bu erda favorit va autsayder yo'q. Hammaning uch ochko oldidagi imkoniyati bir xil.

- CHempionatdagi debyut o'yiningizda 2:2 hisobi qayd etildi...
- Albatta, g'alaba qozona olmaganimiz yaxshi bo'lmadi. Ayniqsa, o'yin so'nggida imkoniyatlardan foydalana olmadik. Lekin mag'lub ham bo'lmadik. Muhimi, chempionlik imkoniyatimiz saqlanib qolingan. O'yindan keyin murabbiy bilan gaplashdim. O'yindagi mayda xatolarni muhokama qildik. Umumiy o'yin borasida u mendan qanoat hosil qilganini aytib o'tdi.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика